06 iyu 11:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Osiyo chempionatida yana bir medal
Koreyada o'tayotgan engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. 
			Musobaqaning ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi azosi Elina Silyamieva kumush medalni qo'lga kiritdi.
Bosqon uloqtirish bahslarida ishtirok etgan yurtdoshimizning uchinchi urinishda qayd etgan 60.53 metr natijasi unga shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarilishini taminladi. Ushbu dasturda snaryadni 64.92 metrga uloqtira olgan xitoylik Gao Szinyao oltin medalni qo'lga kiritdi.
1. Gao Szinyao (Xitoy) – 64.92 metr
2. Elina Silyamieva (O'zbekiston) – 60.53
3. Taixi Kim (Janubiy Koreya) – 59.97

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar