22 apr 08:08
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatidagi medallarimiz 4 taga etdi, bugungi oxirgi kun FOTO
BAAning Fujayra shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha Osiyo / Okeaniya chempionatining ikkinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Dzyudochilarimiz musobaqaning ikkinchi kuni 2 ta kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi. -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Gulnoza Matniyazova hamda -81 kg vaznda tatamiga chiqqan SHarofiddin Boltaboev terma jamoamizga kumush medallarni taqdim etishdi. -73 kg vaznda kurashgan Hikmatilloh To'raev esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Musobaqaning birinchi kuni o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova barcha raqibalarini mag'lub etib, Osiyo chempioni degan yuksak nomga erishgandi. Ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medaliga ega bo'lib turishibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar