09 mar 14:30
Yangiliklar
Sport kurashlari
Osiyo chempionatidan so'ng uch nafar o'zbekistonlik erkin kurashchi dunyo reytingida peshqadamga aylanib oldi
Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin Qirg'izistonda sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Unda o'zbekistonlik polvonlar umumiy hisobda 15 ta medalni qo'lga kiritgandilar.
Bugun Birlashgan kurash dunyosi xalqaro associaciyasi sportchilarning yangi reytingini elon qildi.
Yangilangan reytingda uch nafar erkin kurashchimiz - Abbos Rahmonov (-61kg), Rashid Qurbonov (-79kg) hamda Magomed Ibragimovlar (-97kg) o'z vazn toifalarida dunyo reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldilar.
Eslatib o'tamiz, Bishkekdagi bahslarda Abbos Rahmonov bronza, Rashid Qurbonov kumush, Magomed Ibragimov esa oltin medallarni qo'lga kiritgandi. Etibor bergan bo'lsangiz, Osiyo chempionati yaqindagina yakunlangani sababli vazn toifalarda asosan qitadoshlarimiz etakchi o'rinlarda qayd etilganlar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar