05 avg 08:37
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatining birinchi kuni 3 ta medal qo'lga kiritildi + FOTO
Qozog'iston poytaxti Nur-Sultan shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Osiyo chempionatining ilk kuni 1 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdik. Diyora Keldiyorova ikki karra Osiyo chempioniga aylandi. -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyora finalda ikki karra jahon va Osiyo chempioni, yaponiyalik Ai SHishimeni ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) va Muhriddin Tilovov (-66 kg) esa Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar