So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

06 iyu 12:08
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionatining birinchi kuni 4 ta medal qo'lga kiritildi + FOTOGALEREYA

Bahrayn poytaxti Manama shahri sport kurashlari bo'yicha U15 va U20 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Kecha 20 yoshgacha bo'lgan yunon-rum kurashchilar o'rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan 4 nafari shohsupaga ko'tarildi. 77 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Samandar Bobonazarov eronlik Masud Ali Akbar Gafini qandaydir 30 soniya ichida sof g'alaba bilan mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi. 

Afsuski, finalga etib kelgan qolgan ikki kurashchimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo'lishdi. 87 kg vaznda kurashgan Azamatjon Abdubannobov qozog'istonlik Maksat Saylauga, 130 kg vazndagi Temurbek Nasimov esa eronlik Fardin Hedayatiga yutqazib qo'ydi. 

Bronza medali uchun ikki yunon-rum kurashchimiz gilamga chiqdi. 55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Alisher G'aniev Saudiya Arabistoni vakili Abdulloh Janduni muddatidan avval (10-0) taslim etgan bo'lsa, Husniddin Olimboev (63 kg) qozog'istonlik Bagdat Sabazga kichik hisobda yutqazib qo'ydi. 

SHu tariqa, O'zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi Osiyo chempionatining ilk kuni 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Bugun qolgan vazn toifalarida bellashuvlar davom ettiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing