19 iyu 09:21
Yangiliklar
Osiyo chempionatining birinchi kuni 8 ta medal qo'lga kiritildi, yarmi oltin + FOTO
Kecha qita chempionatining birinchi kuni o'smirlar medallar uchun bahslarga kirishishdi. Osiyo chempionatida Tohir Fayziev murabbiyligidagi to'liq tarkibdagi O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham tatamiga chiqishyapti.
Quvonarlisi, birinchi kungi bellashuvlarda kadetlarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Tailand zaminida O'zbekiston davlat madhiyasi to'rt bor yangrab, bayrog'imiz sarbaland ko'tarildi.
Oltin medal sohiblari
-40 kg: Laziza Haydarova
-44 kg: Umidaxon Burxonjonova
-55 kg: Anvarjon Ibrohimov
-66 kg: SHohjahon Otaboev
Kumush medal sohiblari
-48 kg: Sevinch Murodova
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova
-60 kg: Sardor Himmatov
Bronza medal sohibi
-66 kg: Saddam Husanov
Fikrlar