05 avg 20:15
Yangiliklar
Osiyo chempionatining ikkinchi kuni 2 ta kumush, 2 ta bronza medali qo'lga kiritdik + FOTO
Nihoyasiga etgan kunning ikkinchi kungi bellashuvlarida jami 4 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Bugungi bahslar yakunida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega bo'ldi. -73 kg vaznda finalga etib kelgan Murodjon Yo'ldoshev qozog'istonlik Daniyar SHamshaevga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi. Ushbu vaznda kurashgan yana bir dzyudochimiz Obidxon Nomonov tojikistonlik Behruzi Hojazodadan ustun kelib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
-70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan tajribali dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda yaponiyalik uch karra jahon va Osiyo chempioni Yoko Onoga yutqazib qo'ydi. Bu vazndagi ikkinchi vakilamiz SHohista Nazarova qozog'istonlik Anastasiya Mayakovani engib, Osiyo chempionatining bronza medaliga ega chiqdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra 1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega bo'lib turibdi.
Fikrlar