19 iyu 09:08
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
Osiyo chempionatining ikkinchi kuni 4ta medal qo'lga kiritdik
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati boshlandi.
Unda o'zbekistonlik yosh polvonlar ham ishtirok etishmoqda. Kecha musobaqada yunon-rum kurashi bo'yicha bahslar bo'lib o'tdi. Quvonarlisi, unda to'rt nafar sportchimiz sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
-97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Temurmirzo Mamajonov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. -63kg vazn toifasidagi polvonimiz Kamol Qo'ziev esa finalgacha etib borib, kumush medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, Mahmud Bahshilloev (-67kg) va To'rabek Tirkashev (-60kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Musobaqa 22 iyulga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar