07 avg 06:28
Yangiliklar
Osiyo chempionatining so'nggi kuni 2 ta medal qo'lga kiritildi + FOTO
Musobaqaning yakkalik bahslaridagi so'nggi kuni O'zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Eng og'ir vazn (+100 kg) toifasida tatamiga chiqqan dzyudochilarimiz - Bekmurod Oltiboev va SHohruh Baxtiyorov terma jamoamizga bronza medalini taqdim etishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 3-o'rin bilan yakunladi. Dzyudo vanati Yaponiya kutilganidek, 9 ta oltin, 3 ta kumush medali bilan birinchi bo'ldi. Ikkita oltin, 5 ta bronza medaliga ega chiqqan Mo'g'uliston ikkinchi o'rinni egalladi.
Taqqoslash uchun, o'tgan yili Bishkek shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan keyin ikkinchi o'rinni band etgandi. Bu galgi Osiyo chempionatida jamoamizga yagona oltin medalni Diyora Keldiyorova (-52 kg) taqdim etdi.
Fikrlar