So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

23 iyu 08:07
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Osiyo chempionatining so'nggi kunida oltin va kumush qo'lga kiritdik!

Hindistonning Nyu-Deli shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati nihoyasiga etdi.

Musobaqa o'zbekistonlik yosh polvonlar uchun omadli keldi. Bugun chempionatning so'nggi kuni doirasida erkin kurash bo'yicha bahslar bo'lib o'tdi.

-61kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abbos Rahmonov turnir davomida Janubiy Koreya, Tojikiston, Xitoy va Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. -125kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Hasanboy Rahimov Qozog'iston, Xitoy, Janubiy Koreya vakillaridan ustun kelib, finalga yo'l olgandi. Hal qiluvchi jangda esa u eronlik polvonga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Malumot uchun, musobaqa davomida yunon-rum kurashi bahslarida Temurmirzo Mamajonov (oltin), Kamol Qo'ziev (kumush), Mahmud Bahshilloev (bronza), To'rabek Tirkashev (bronza), ayollar kurashida Nabira Esenbaeva (kumush) va Bahtigul Baltaniyazova (bronza), erkin kurashda esa G'ulomjon Abdullaev (oltin), Abbos Rahmonov (oltin), Hasanboy Rahimov (kumush) Muhammadrasul Rahimov (bronza) sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan 10 ta medal (3ta oltin, 3ta kumush va 4ta bronza) bilan qaytadigan bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

   
23 iyu 17:49:38
Nematullo Sodiqov
Temurmirzo mamajonova andijonlikmi?
   
23 iyu 09:27:35
Inomjon
Kelajak yoshlar qolida Tokioda kuchli onlikka kiralaylik ilohim
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing