24 dek 22:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempioni Bahodur Usmonov prof boksda debyut qildi
Moskva shahrida professional boks oqshomi davom etmoqda.
Jang oqshomi doirasida tojikistonlik bokschi, Osiyo chempioni Bahodur Usmonov professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi. Ushbu jangga Bahodurga rossiyalik Vildan Minasov (4-0, 3 KO) raqiblik qildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Bahodur ochkolar evaziga g'alaba qozondi. Qayd etish lozimki, Usmonov jang boshida nokdaun holatiga tushib qolgandi. Ammo u o'ziga kelib oldi va murosasiz kechgan bahsda g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Bahodur Usmonov 2019 yili Bangkokda o'tkazilgan Osiyo chempionatining oltin medal sohibi (-64 kg) hisoblanadi. Ayni paytda Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar