16 may 10:58
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo Kubogi-2022 musobaqasida 29 ta medal bilan birinchi bo'ldik
Qozog'istonning Almati shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Beket Mahmudov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan Osiyo Kubogi-2022 musobaqasi yakuniga etdi.
Baluan SHolak nomidagi sport saroyida o'tkazilgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz ikki kunlik murosasiz bellashuvlar natijasiga ko'ra 11 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 29 ta medal qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamizning bu muvaffaqiyatiga qizlarimiz munosib hissa qo'shishdi. Ular barcha vazn toifalarida chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Qozog'iston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etishdi. Keyingi o'rinlardan Qirg'iziston va Turkmaniston terma jamoalari joy olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar