17 may 15:16
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2022. Yoshlarimiz 21 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi
Beket Mahmudov xotirasiga bag'ishlab Baluan SHolak nomidagi sport saroyida o'tkazilgan musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 11 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagani haqida xabar bergan edik.
Osiyo Kubogida yoshlarimiz ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi. Dzyudochilarimiz 8 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, jami 21 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi. Qozog'iston terma jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka 1 tadan oltin va bronza medali bilan Tojikiston terma jamoais yakun yasab berdi.
O'G'IL BOLALAR
Oltin medallar
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: SHahzodxo'ja SHaripov
-90 kg: To'lqinbek Turdiev
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
Kumush medallar
-60 kg: Zamohshari Bekmurodov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
Bronza medallar
-66 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov
-73 kg: Elbek Tojiev
-81 kg: Nurbek Murtazoev
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Asror Nortojiev
+100 kg: Qahramon Rahmonov
QIZLAR
Oltin medallar
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva
-78 kg: SHirinjon Yo'ldosheva
Kumush medallar
-70 kg: SHahlo Egamberganova
+78 kg: Fotima Kuramboeva
Bronza medallar
-48 kg: Maksuda Bekchonova
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova
+78 kg: Xosiyat Masharipova
Fikrlar