So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

11 iyu 15:39
Yangiliklar

Futbol

Osiyo Kubogi-2027 saralash. Tojikistonda durang, Turkmanistonda g'alaba

Kecha, 10 iyun kuni qitamizda Osiyo Kubogiga saralash davom ettirildi.

Malumot uchun, 2027 yilgi Osiyo chempionati Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va 24 ta terma jamoa qatnashadi.

A guruhi. 1-tur. 25 mart

Tojikiston - SHarqiy Timor 1:0
Filippiin - Maldiv 4:1

2-tur. 10 iyun
SHarqiy Timor - Maldiv 1:0
Filippin - Tojikiston 2:2

B guruhi. 1-tur. 25 mart
Butan - Yaman 0:0
Livan - Bruney 5:0

2-tur. 10 iyun
Bruney - Butan 2:1
Yaman - Livan 0:0

C guruhi. 1-tur. 25 mart

Singapur - Gonkong 0:0
Hindiston - Bangladesh 0:0

2-tur. 10 iyun
Gonkong - Hindiston 1:0
Bangladesh - Singapur 1:2

D guruhi. 1-tur. 25 mart
Xitoy Taypeyi - Turkmaniston 1:2
Tailand - SHri Lanka 1:0

2-tur. 10 iyun
SHri Lanka - Xitoy Taypeyi 3:1
Turkmaniston - Tailand 3:1

E guruhi. 1-tur. 25 mart
Myanma - Afg'oniston 2:1
Suriya - Pokiston 2:0

2-tur. 10 iyun
Myanma - Pokiston 1:0
Afg'oniston - Suriya 0:1

F guruhi. 1-tur. 25 mart
Vetnam - Laos 5:0
Malayziya - Nepal 2:0

2-tur. 10 iyun

Laos - Nepal 2:1
Malayziya - Vetnam 4:0

Albatta, bu musobaqada qo'shnilarimiz ishtiroki qiziq. Tojikiston terma jamoasi safarda Filippin bilan durang o'ynadi - 2:2. Ikkita o'yindan so'ng tojiklar 4 ochko to'plab ikkinchi o'rinda borishyapti, guruh peshqadami Filippinda ham 4 ochkor bor, faqat ularda to'plar nisbati yaxshiroq.

Yana bir qo'shnimiz Turkmaniston terma jamoasi o'z maydonida Tailandni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Natijada turkmanlar 6 ochko bilan guruh etakchisiga aylanib olishdi. Bu turda Suriya termasi ham zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Yagona gol suriyaliklar to'purari Omar Al Soma tomonidan kiritildi.

Malumot uchun, Osiyo Kubogining ushbu saralash bosqichida 24 ta jamoa qatnashyapti va jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Reglamentga ko'ra, har bir guruhdan faqat bitta jamoa qita birinchiligiga yo'l oladi. SHu bois ham bitta o'rin uchun kurash oxirigacha kechadi.

Osiyo Kubogiga mezbon Saudiya Arabistonidan tashqari yana 17 ta terma jamoa chiqib bo'lgan. Bular - Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Quvayt, Qirg'iz Respublikasi.

Qolgan 6ta yo'llanma uchun kurash kelasi yilning 31 mart sanasiga qadar davom etadi. Bu saralashning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi. 2-turdan so'ng o'z guruhlarida peshqadamlik qilayotgan jamoalar: Filippin, Livan, Singapur, Turkmaniston, Suriya, Malayziya.

P.S. 3-tur o'yinlari 9 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing