15 may 21:09
Yangiliklar
Osiyo kubogining ikkinchi kuni 13 ta medal qo'lga kiritildi, 4 tasi oltin!
Musobaqaning ikkinchi kuni o'rta va og'ir vazn toifasidagi bellashuvlar o'tkazilib, unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan o'zbekistonlik dzyudochilar jami 13 ta (4 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza) medal qo'lga kiritishdi.
Ikki kunlik natijalarga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 8 ta kumush, 11 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etdi.
Dzyudochilarimizning ikkinchi kun natijalari
Oltin medal sohiblari:
-63 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva
+70 kg: Mohinur Parmonova
-90 kg: Ibrohim Xolboev
Kumush medal sohiblari:
-63 kg: Marjona Nurilloeva
+70 kg: Mehribon Ilhomova
-90 kg: Nurlas Amirxanov
+90 kg: SHerdor Rahmatov
Bronza medal sohiblari:
-63 kg: Barchinoy Qodirova
+70 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva
-81 kg: Mels Sodiqov
-81 kg: Muhammadali Tangriev
-90 kg: Azizbek Alimov
Fikrlar