02 dek 16:48
Yangiliklar
Tadbirlar
Osiyo Olimpiya kengashi yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari mezbonligi nima sababdan Toshkentdan olinganiga izoh berdi
Xabar berganimizdek, yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlari mezboni o'zgardi.
Musobaqaga 2025 yilda Toshkent shahri mezbonlik qilishi kerak edi, biroq Osiyo Olimpiya kengashi o'yinlar Baxraynga ko'chirilganini elon qildi.
Malum bo'lishicha, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi o'z vaqtida yakunlanmasligi sababli Osiyo Olimpiya kengashiga o'yinlarni mamlakatda qabul qila olmasligini bildirib, xat yuborgan.
SHundan so'ng, bugun Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo'mitasi onlayn uchrashuv o'tkazib, mezbonlik Baxraynga topshirilishini elon qilgan.
OOK o'z navbatida O'zbekiston tomoniga kiritilgan barcha sarmoyalar uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida yirik musobaqalarga mezbonlik qilishini takidlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar