So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

08 mar 08:47
Yangiliklar

Ot Sporti

Osiyo ot sportining kelajakdagi ustuvor rejalari Toshkentda muhokama qilindi

Teglar :  Ot sportiAEF
Toshkentda Osiyo ot sporti federaciyasining (AEF) Bosh assambleyasi o'tkazildi.

"InterContinental Hotel Tashkent" mehmonxonasi mezbonlik qilgan tadbirda tashkilot prezidenti shayx Hamad ibn Ali Al Attiya, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev hamda AEF ning Ijroqo'm azolari ishtirok etishdi.

Assambleya mobaynida tashkilotning so'nggi davrda olib borgan faoliyati barcha kesimlarda tahlil qilinib, kelgusi rejalar, xususan, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik dasturi ko'rib chiqildi. 

SHuningdek, joriy yilning 24 aprel - 5 may sanalarida yurtimizda o'tadigan “Millatlar kubogi” va “Jahon kubogi” musobaqalari ham yig'ilish muhokamasining kun tartibidan o'rin oldi. Xalqaro federaciya mutasaddilari mamlakatimizning ushbu turnirlarni yuqori saviyada o'tkazishiga ishonch bildirdi.

O'z o'rnida, SHahrullo Mahmudov yurtimiz deyarli barcha sport turlari bo'yicha yirik musobaqalarni qabul qilishga tayyor ekani, buning uchun davlatimiz tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratib berilishini malum qildi.

Bosh assambleya davomida tashkilotning mintaqaviy bo'limlariga rahbarlar saylandi. Qolaversa, 2026 yil Yaponiyada o'tadigan XX yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish, shuningdek, kelgusi Bosh assambleyani o'tkazishga doir masalalar ham ko'rib chiqildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing