29 sen 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari: Bugun to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tariladi, ularning biri Olimpiada licenziyasi uchun jang qiladi
Bugun Osiyo o'yinlarida boks bo'yicha bellashuvlar davom ettiriladi.
Bugun kun davomida Osiyo o'yinlarida to'rt nafar bokschimiz jang o'tkazadi. Etiborlisi, ayollar o'rtasida bazi vazn toifalarida Olimpiya o'yinlari uchun 4 ta licenziya beriladi. -50 kg vazn toifasida yarim finalchilarning barchasi Parij Olimpiadasi licenziyasiga ega chiqadi. Demak, Sabina Boboqulova xitoylik raqibasini mag'lub etib, ushbu licenziyani qo'lga kiritishi mumkin bo'ladi.
-50 kg: Sabina Boboqulova - YU Vu (Xitoy) (11:15 dan so'ng)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Fatima Zahra (Pokiston) (11:45 dan so'ng)
-80 kg: To'rabek Xabibullaev - Muhammad Ahmed Alsubhi (Saudiya Arabistoni) (12:25 dan so'ng)
-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Xuezan Xan (Xitoy) (13:30 dan so'ng)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar