So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

28 sen 16:03
Yangiliklar

Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari sovrindorlarining murabbiylari taqdirlandi + FOTO

Joriy yilning 21 sentyabr kuni XVIII yozgi Osiyo o'yinlarining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazilib, sportchilarmizga pul mukofotlari topshirilgan edi.

Bugun, 28 sentyabr kuni, Olimpiya shon-shuhrati muzeyida tantanali marosim tashkil etilib, unda o'yinlarining g'olib va sovrindorlarini tayyorlagan trenerlarga pul mukofotlari topshirildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi.

Dastlab, Prezidentning yoshlar, fan, talim, sog'liqni saqlash va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov tadbirni ochib berib, Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport masalalari bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilish o'tkazilgani va sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish bo'yicha vazifalar belgilab berilgani takidladi. SHuningdek, barchani yaqinlashib kelayotgan 1 oktyabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabriklab, sport murabbiylariga masuliyatli va mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. 


SHundan so'ng Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining XVIII yozgi Osiyo o'yinlari g'olib va sovrindorlarini tayyorlagan trenerlarini taqdirlash bo'yicha farmoyishini o'qib eshittirdi. 

Unga ko'ra, Osiyo o'yinlarida shogirdlari oltin medalni qo'lga kiritgan murabbiylar 2500, kumush medal 1500, bronza medalga ega chiqqan sportchilarimizning murabbiylari esa 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanishdi.

Tantanali tadbirda kurash bo'yicha murabbiy Rizamat Soliev va boks bo'yicha murabbiy O'tkir Haydarovga so'zga chiqib, davlatimiz rahbarning g'amxo'rligi va sohaga qaratilayotgan etiboridan mamnun ekanliklarini, kelgusida ham chempion shogirdlar etishtirib chiqarish yo'lida yanada ishtiyoq bilan mehnat qilishlarini bildirishdi. 


Eslatib o'tamiz, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida sportchilarimiz 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 ta medalni qo'lga kiritib, davlatimizning mazkur o'yinlar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing