So’nggi yangiliklar

07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0

05 okt 18:44
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining 12-kunida 3 ta oltin, 3 ta bronza qo'lga kiritdik

5 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarining o'n ikkinchi kun bahslari bo'lib o'tdi.

Bugun kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Delegaciyamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo'lishdi: 

Oltin:

Hasanboy Do'smatov (boks)

Abdumalik Xalokov (boks)

Bahodir Jalolov (boks)


Bronza:

Rustam Assakalov (sport kurashlari)

Aktenge Keunimjaeva (sport kurashlari)

Layloxon Sobirova (sport kurashlari)


- - - - - 


Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


SAHIFANI YANGILASH


18:28. Bahodir Jaloloooovvv! OLTINNNN! U finalda qozog'istonlik Qamshibek Konkabaevni 4:0 hisobida mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi!


17:22. YANA BIR OLTINNNN!!! Abdumalik Xalokovvvvv!!! U 2-raundda raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi! Yaponiyalik murabbiylar bir necha nokdaunlardan so'ng ringga oq sochiq uloqtirishdi! 


17:09. SHaxmat. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Tailandni 3,5:0,5 hisobida mag'lub etdi. Jamoamiz safida Nilufar Yakubboeva, Umida Omonova va Maftuna Bobomurodova g'alabaga erishgan bo'lsa, Afruza Hamdamova durang qayd etdi.


16:59. OLTINNNN! Hasanboy Do'smatov finalda tailandlik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi!


16:38. Layloxon Sobirova hindistonlik raqibasini muddatidan oldin mag'lub etib, bronza medalini qo'lga kiritdi!


15:50. SHaxmat. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Koreya Respublikasini 4:0 hisobida mag'lub etdi. Terma jamoamiz safida Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Jahongir Vohidov va SHamsiddin Vohidov dona surdi. 


15:31. Ayollar kurashi. Aktenge Keunimjaeva bronza uchun jangda hindistonlik raqibasiga qarshi jang qildi va 7:2 hisobida g'alabaga erishdi! Bizda yana bir BRONZA!


14:05. Yunon-rum kurashi. Rustam Assakalov bronza uchun jangda qozog'istonlik raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etdi va BRONZA medalini qo'lga kiritdi. U raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi. 


13:28. Slalomda eshkak eshish. SHahobiddin Boltaboev saralashda ikkinchi natijani qayd etib, yarim finalga yo'l oldi. 


13:18. Og'ir atletika. Sunnatilla dast ko'tarishda 165 kg, siltab ko'tarishda 190 kg, umumiy hisobda 355 kg natija ko'rsatdi va Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini yakunladi. 


12:37. Og'ir atletika. Sunnatilla O'sarov dast ko'tarish mashqlarini 165 kg natija bilan yakunladi. 


12:26. SHaxmatchilarimiz 7-tur o'yinlarini boshlashgan. Erkaklar terma jamoamiz Koreya Respublikasi, qizlarimiz esa Tailandga qarshi dona surishmoqda. 


12:20. Slalomda eshkak eshish. Alibek Temirgaliev 95.38 vaqt bilan o'z saralash guruhida birinchi bo'ldi va yarim finalga yo'l oldi.


12:06. Velopoygachilarimiz ham ishtirokini yakunladi. 210 kmga kechgan bahslarda Murodjon Holmurodov 4:31:11 vaqt bilan to'qqizinchi, Dmitriy Bocharov esa 4:32:50 vaqt bilan yigirma uchinchi bo'lib marrani kesib o'tdi. Behzodbek Rahimboev hamda Akramjon Sunnatov esa poygani yakunlay olmadi.


12:02. Sunnatilla O'sarov dast ko'tarishdagi ishtirokini boshladi. U ilk urinish uchun 160 kg toshga buyurtma bergan.


11:35. Karatechimiz Bonu Egamberdieva chorak final doirasida iordaniyalik Hala Alqadi bilan bahs olib bordi va murosasiz bellashuvda 7:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.


11:27. Karate. Bonu Egamberdieva (-68 kg) nimchorak final bosqichida tailandlik Kevalin Songklin bilan jang qildi va g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.


— Toshkent vaqti bilan 14:00 da yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha hal qiluvchi bellashuvlar boshlanadi. Uch nafar sportchimiz bronza medali uchun gilamga chiqadi:

97 kg. Rustam Assakalov - Islam Umaev (Qozog'iston)

50 kg. Aktenge Keunimjaeva - Poja Gehlot (Hindiston)

57 kg. Layloxon Sobirova - Mansi (Hindiston).


10:04. Rustam Assakalov o'tish bosqichida qirg'izistonlik Uzur Juzupbekovni 8:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va bronza medali uchun kurashish huquqini qo'lga kiritdi.


9:55. Aktenge Keunimjaevaning kambojalik raqibi jangga chiqmadi va bu orqali hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish huquqini qo'lga kiritdi. Unga bu yo'lda hindistonlik Poja Gehlot raqiblik qiladi.


9:40. Rustam Assakalov ham 1-o'tish bosqichida ishtirok etadi. Unga qirg'izistonlik Uzur Juzupbekov raqiblik qiladi.


9:27. Aktenge Keunimjaevaning raqibi Remina Yoshimoto finalga yo'l oldi. Bu orqali hamyurtimiz o'tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Aktengega o'tish bosqichidagi ilk raqib kambojalik Samnang Dit raqib bo'ladi.


9:23. Ayollar kurashi. Layloxon Sobirova (57 kg) yarim final doirasida yaponiyalik Cugumi Sakuraiga qarshi bahs olib bordi va 0:11 hisobida mag'lub bo'ldi. Endi hamyurtimiz bronza medali uchun kurashadi.


9:14. Slalomda eshkak eshish. Alibek Temirgaliev hamda SHahobiddin Boltaboev ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etadi. Temirgalievning chiqishi 12:00 da boshlansa, SHahobiddin Boltaboev 12:52 da yarim final yo'llanmasi uchun kurashadi. Ular biroz avval ilk saralash bosqichidan o'ta olmagan edi.


9:01. Jiu-jitsu. Gulnur Muratbaeva (-48 kg) 1/16 final bosqichida koreyalik Kim Sieun bilan jang qildi va 0:6 hisobida mag'lub bo'ldi.


8:53. Yunon-rum kurashi. Temurbek Nasimov (130 kg) chorak final doirasida qozog'istonlik Alimxan Sizdikov bilan to'qnash keldi va 1:9 hisobida mag'lub bo'ldi.


8:50. Karate. Quvonchbek Muhammadiev (-75 kg) 1/16 final bosqichida eronlik Ghoncheh Asg'ariga qarshi bahs olib bordi va 0:6 hisobida mag'lub bo'ldi.


8:41. Slalomda eshkak eshish. SHahobiddin Boltaboev va Jonibek Temirgaliev ishtirok etgan saralash bahslarida Temirgaliev 97.26 vaqt bilan to'rtinchi, Boltaboev esa 108.76 vaqt bilan sakkizinchi natijani qayd etdi. Jonibek Temirgaliev ushbu natijasi orqali yarim finalga yo'l oldi. 


8:39. Ayollar kurashi. Layloxon Sobirova (57 kg) chorak finalda tailandlik Tu Kay Sriprapaga qarshi bahs olib bordi va 9:0 hisobida g'alaba qozondi.


8:35. Ayollar kurashi. Aktenge Keunimjaeva (50 kg) chorak finalda yaponiyalik Remina Yoshimotoga qarshi bahs olib bordi va 3:14 hisobida mag'lub bo'ldi.


8:13. Jiu-jitsu. Sarvarbek Rahmonberdiev (-62 kg) 1/16 final doirasida falastinlik Mohammad Ajaj bilan bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.


7:53. Yunon-rum kurashi. Rustam Assakalov (97 kg) nimchorak final bosqichida eronlik Mohammadhadi Saraviga qarshi bahs olib bordi va 3:6 hisobida mag'lub bo'ldi.


7:41. Yunon-rum kurashi. Temurbek Nasimov (130 kg) nimchorak finalda yaponiyalik Sota Okumurani 9:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.


7:34. Jiu-jitsuchimiz Sirojbek Rustamov 1/16 final bosqichida tailandlik Suvijak Kuntongga qarshi jang qildi va 0:50 (sabmishen) hisobida mag'lub bo'ldi.


7:12. Kurashchimiz Jasmina Immaeva nimchorak final bosqichida hindistonlik Antimga qarshi bahs olib bordi va 0:11 hisobida imkoniyatni boy berdi.


7:05. Velosportchilarimiz Dmitriy Bocharov, Murodjon Xolmurodov, Bekzodbek Rahimboev hamda Akramjon Sunnatov o'z ishtirokini boshladi.


6:58. Slalomda eshkak eshish. Anvar Klevleev 92.44 vaqt bilan o'n uch nafar sportchi orasida birinchi, Alibek Temirgaliev esa 96.48 vaqt bilan ettinchi natijani qayd etdi. Klevleev bu natijasi orqali yarim finalga yo'l oldi.


6:46. Jiu-jitsuchilarimiz Husrav Holov qirg'izistonlik, Hasanjon Nabiev esa iordaniyalik raqibiga yutqazib qo'ydi. 


6:30. Marafon finalida ishtirok etgan SHohrux Davlatov 2:17:49 vaqt bilan o'n olti nafar sportchi orasida to'qqizinchi natijani qayd etdi.


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

- - - - - -

5 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:

4:00. - Engil atletika. Erkaklar, marafon, final. SHohrux Davlatov

5:30 dan so'ng - Karate. Erkaklar, -75 kg, 1/16 final. Quvonchbek Muhammadiev - Ghonchen Asg'ari (Eron)

6:00. - Sportcha alpinizm. Erkaklar, saralash. Artyom Baranov

6:00. - Sportcha alpinizm. Ayollar, saralash. Iroda Rapikova, Asal Islomova

6:00. - Jiu-jitsu. Erkaklar, -69 kg, 1/16 final. Husrav Holov - Toktorbay Jusup Uluu (Qirg'iziston)

6:00. - Jiu-jitsu. Erkaklar, -69 kg, 1/16 final. Hasanjon Nabiev - Abdelkarim Alrashid (Iordaniya)

6:00 dan so'ng. - Jiu-jitsu. Erkaklar, -62 kg, 1/16 final. Sirojbek Rustamov - Suvijak Kuntong (Tailand)

6:00 dan so'ng. - Jiu-jitsu. Erkaklar, -62 kg, 1/16 final. Sarvarbek Rahmonberdiev - Mohammed Ajaj (Falastin)

6:00 dan so'ng. - Jiu-jitsu. Ayollar, -48 kg, 1/16 final. Gulnur Muratbaeva - Kim Sieun (Koreya Respublikasi)

6:30. - Slalomda eshkak eshish. Erkaklar, saralash. Anvar Klevleev, Alibek Temirgaliev

7:00. - Veloshosse. Erkaklar, final. Dmitriy Bocharov, Murodjon Xolmurodov, Bekzodbek Rahimboev, Akramjon Sunnatov

7:00. - Ayollar kurashi. 53 kg, nimchorak final. Jasmina Immaeva - Antim (Hindiston)

7:00. - Ayollar kurashi. 57 kg, chorak final. Layloxon Sobirova - S. Dube (Nepal)/S. Tu Kaev (Tailand) bahsi g'olibiga qarshi

7:00 dan so'ng. - Yunon-rum kurashi. Erkaklar, 130 kg, nimchorak final. Temurbek Nasimov - Sota Okumura (Yaponiya)

7:00 dan so'ng. - Yunon-rum kurashi. 97 kg, nimchorak final. Rustam Assakalov - Mohammadhadi Saravi (Eron)

7:00 dan so'ng. - Ayollar kurashi. 50 kg, chorak final. Aktenge Keunimjaeva - Yoshimoto (Yaponiya)/Dit Samnang (Kambodja) bahsi g'olibiga qarshi

7:48. - Slalomda eshkak eshish. Erkaklar, saralash. SHahobiddin Boltaboev, Jonibek Temirgaliev

10:50. - Sportcha alpinizm. Erkaklar, saralash. Artyom Baranov

10:50. - Sportcha alpinizm. Ayollar, saralash. Iroda Rapikova, Asal Islomova

11:00 dan so'ng - Karate. Ayollar, -68 kg, nimchorak final. Bonu Egamberdieva - Kevalin Songklin (Tailand)

12:00. - SHaxmat. Erkaklar, jamoaviy, 7-tur

12:00. - SHaxmat. Ayollar, jamoaviy, 7-tur

12:00. - Og'ir atletika. Erkaklar, 96 kg. Sunnatilla O'sarov

16:45. - Boks. Erkaklar, -51 kg, final. Hasanboy Do'smatov - Titisan Panmot (Tailand)

17:15. - Boks. Erkaklar, -57 kg, final. Abdumalik Xalokov - SHudai Harada (Yaponiya)

18:15. - Boks. Erkaklar, +92 kg, final. Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabaev (Qozog'iston).

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
05 okt 09:14:33
Aziz Nabiev
Faqat yutqazdi yutqazdi nimaga tayyorlangan.
+2   
05 okt 07:35:07
Bulent Ersoy
Ex xech bumasa erkin kurashda
hindladan oshamiz deb uylabman chuchvarani xom sanabman shekir umuman trenerni almashtirish kere
+1   
05 okt 17:42:13
Dotas Antik
Халоқов қувлаб юриб урдида ўзиям японни)) Япония Ўзбекистон деса оёғи қалтирайдиган бўлиб қолди.
+1   
05 okt 15:47:04
Bulent Ersoy
Bu yilgi chiqishimiz Jakartaga nisbattan yaxshi deb baxolashti lekin bu faqat musobaqa boshida shunday buldi aslida bu yil Jakartaga nisbattan yomonroq chiqish qilyapti chunki Jakartada 230 sportchi bn faqat kuproq faqat asosan Olimpia yunalishlarida qatnashgan bu yil 350 sportchi bn kuproq psport turlarida qatnashayapmiz medal jamgarish buyicha xaliyam utgan yilgidagiga etib bormadik
+1   
05 okt 15:34:28
Таир Мадияров
Атана рахмет Актенге! Сау бол!
+1   
05 okt 11:39:07
Eldor Absoatov
Bular faqat yutqizdiku nma balo trenerofka qimaganmi

   
05 okt 18:39:28
Bulent Ersoy
Ikka ni kotta kotta yozib Boxodirni kichkina qilib yozib quyibsiz
   
05 okt 17:09:21
Aziz Rakhmatov
Bulent Ersoy foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu yilgi chiqishimiz Jakartaga nisbattan yaxshi deb baxolashti lekin bu faqat musobaqa boshida shunday buldi aslida bu yil Jakartaga nisbattan yomonroq chiqish qilyapti chunki Jakartada 230 sportchi bn faqat kuproq faqat asosan Olimpia yunalishlarida qatnashgan bu yil 350 sportchi bn kuproq psport turlarida qatnashayapmiz medal jamgarish buyicha xaliyam utgan yilgidagiga etib bormadik
Джакартада энг куп медал курашдан булган, бу йил факат 7 спортчи билан катнашишди. Утган Осиё уйинларида курашни узида умумий 12 та медал жамгарилган.
   
05 okt 16:37:51
Aziz Nabiev
Svet ham uchdi yangi Uzb 900 sumlik
   
05 okt 14:46:33
Bulent Ersoy
Qozogizton medal jamgarishti bizdan utib keti
   
05 okt 14:12:49
Bulent Ersoy
Xudoga shuku bitta yaxshi xabaram borakani
   
05 okt 11:39:56
Eldor Absoatov
Bular umuman trenerofka qimaganmi faqat yutqizdi



   
05 okt 08:43:28
Boks
Bugun faqat bokstan nimadir kutamiz shekilli
   
05 okt 07:00:46
Bulent Ersoy
Tongni yutqazish bn boshladik buyog'i nima bularkin omad omad omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing