So’nggi yangiliklar

12:43Сауль Альварес ҳозирги пайтда энг севимли боксчилари кимлар эканини айтди 0 12:22Камару Усман Фрэнсис Нганну билан боғлиқ вазият ҳақида: "Худо энг кучлиларга қийин синовлар беради" + ФОТО 0 12:01Наоя Иноуэ кечаги ғалабасидан кейин рингнинг ўзида навбатдаги рақибини жангга чорлади 0 11:40Суперлига. Бугун иккита учрашув бор 0 11:19Чавандозларимиз жамоавий йўналишда яна тенгсиз бўлишди 0 10:58Турки ал-Шайх Теренс Кроуфорд иштирокида яна бир супержанг ташкил этиш ниятида 0 10:37Бугун 10 нафар боксчимиз Осиё чемпионлиги учун рингга кўтарилади 0 10:16Азизжон Ғаниев жамоаси чемпионлик учун курашни давом эттирмоқда 0 09:55UFC 301. Жек Шор жангни давом эттира олмаслигига сабаб бўлган жароҳат сурати тарқалди + ФОТО 0 09:34WTA рейтинги. Нигина Абдураимова 46 поғонага пастлади, Милана кўтарилди 0 09:13Боксчиларимиз Осиё чемпионатини 22 та медаль билан якунлашди 0 08:52Файзуллаев гол урди, аммо ЦСКА сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди 0 08:31Чироқчида белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 08:10Муҳаммад Мокаев навбатдаги жанги санаси ва манзилини эълон қилди 0 07:49Тошкентда янги профессионал хоккей клуби ташкил этилди. Янги клубнинг келажаги маълум, "Ҳумо"ники эса... 0

07 okt 19:34
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining 14-kunida 2 ta oltin va 5 ta bronzaga ega chiqdik

7 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarining o'n to'rtinchi kun bahslari bo'lib o'tdi.

Kun davomida terma jamoamiz azolari 2 ta oltin va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi:

Oltin: 

Sevinch Rahimova (karate)

Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika)


Bronza:

Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash)

Javrail SHapiev (erkin kurash)

Rustam Jangabaev (og'ir atletika)

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 

SHaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi



Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin.


SAHIFANI YANGILASH



SHu tariqa, Osiyo o'yinlarining bugungi kuniga bag'ishlangan onlaynga yakun yasaymiz. 


19:15. OLTINNN!!! Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova yakkalik bahslarda 131.300 ball to'pladi va oltin medalni qo'lga kiritdi! Yana bir gimnastikachimiz Evelina Atalyanc esa to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi.


18:44. Badiiy gimnastikada so'nggi - tasma bilan mashqlar davom etmoqda. Taxmina Ikromovadan oltin medal kutyapmiz!


18:00. Badiiy gimnastikachilarimizning chiqishi davom etmoqda. Medallar uchun imkoniyatimiz bor.


17:41. Og'ir atletika. Rustam Jangabaev Osiyo o'yinlarini bronza medali bilan yakunladi. U dast ko'tarishda 190, siltab ko'tarishda 233, umumiy hisobda 423 kg tosh ko'tardi va uchinchi o'rinni egalladi. BRONZA!


17:15. Badiiy gimnastikachi qizlarimiz yakkalik yo'nalishda medallar uchun kurash olib borishmoqda.


16:47. Og'ir atletika. Rustam Jangabaev dast ko'tarish mashqlarini 190 kg natija bilan yakunladi. Biroq undan oldinda Erondan ikki sportchi, shuningdek bahraynlik atlet bor.  


16:38. SHaxmat. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi so'nggi 9-turda Tailandni 4:0 hisobida mag'lub etdi va Osiyo o'yinlarini uchinchi o'rinda yakunlaydigan bo'ldi. BRONZA!


16:15. Og'ir atletikada +109 kg vazn toifasida bahslar boshlandi. Unda Rustam Jangabaev chiqish qiladi. 


15:59. Erkin kurash. Hasanboy Rahimov bronza uchun bahsda qirg'izistonlik raqibga qarshi jang qildi va so'nggi soniyalarda imkoniyatni boy berib qo'ydi... 6:6. So'nggi ochkoni qirg'izistonlik sportchi olgani uchun g'alaba raqibga berildi. Exxx. Medalga juda yaqin edik...


15:21. OLTINNNN!!! Karatechimiz Sevinch Rahimova finalda Xitoy Taypeyi vakilasini 9:1 hisobida mag'lub etdi va Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi! Bu O'zbekiston delegaciyasi uchun mazkur Osiyo o'yinlaridagi 21-oltin bo'ldi!


14:53. Futbol. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritdi! Bronza uchun o'yinda O'zbekiston Gonkongni 4:0 hisobida mag'lub etdi!


14:40. Bizda navbatdagi medal! Javrail SHapiev bronza medali uchun kechgan bahsda bahraynlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va Osiyo o'yinlari sovrindoriga aylandi!


14:32. Gol. O'zbekiston - Gonkong 4:0. Alibek Davronov!


14:19. Erkin kurash. Bekzod Abdurahmonov bronza uchun bahsda turkmanistonlik raqibini soniyalar ichida katta ustunlik bilan mag'lub etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi!


14:16. Gol. O'zbekiston - Gonkong 3:0. Yana Norchaev!


14:07. O'zbekiston - Gonkong - 2:0. Husayn Norchaev 49-daqiqada hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi!


14:00. Sport kurashlari. Uch nafar hamyurtimizning bronza medali uchun bahslari boshlanmoqda.


13:43. Futbol. O'zbekiston - Gonkong o'yinida futbolchilarimiz hisobni ochishdi. 43-daqiqada Alisher Odilov gol urdi - 1:0!


13:08. Og'ir atletika. Tursunoy Jabborova siltab ko'tarishda 142 kg natija ko'rsatdi. Umumiy hisobda 260 kg. Afsuski bu medal uchun etarli bo'lmadi. 


12:55. Futbol. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Gonkongga qarshi uchrashuvni boshlamoqda.


12:33. Og'ir atletika. Tursunoy Jabborova dast ko'tarish bahslarini 118 kg natija bilan to'rtinchi o'rinda yakunladi. Birozdan so'ng, siltab ko'tarish bellashuvlari boshlanadi. 


12:24. Sinxron suzish. Diana Onkes va Ziyodaxon Toshxo'jaevadan iborat terma jamoamiz umumiy 370.5383 ochko jamg'ardi va 10 ta terma jamoa orasida oltinchi natijani qayd etdi. 


12:12. Og'ir atletika. Tursunoy Jabborova dast ko'tarish bahslarini boshlamoqda. 


11:53. Slalomda eshkak eshish. Jonibek Temirgaliev Osiyo o'yinlarini to'rtinchi o'rinda yakunladi. Hamyurtimiz marra chizig'ini 97.51 soniyada kesib o'tdi, bundan tashqari, 2 soniyalik jarima ham olgan Jonibek Osiyo o'yinlarini to'rtinchi o'rinda yakunlashga majbur bo'ldi.


11:27. Karate Sadriddin Saymatov 1/16 final bosqichida qirg'izistonlik Kalish Nurlanbek Uluu bilan jang qildi va 4:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi.


— Toshkent vaqti bilan 14:00 da erkin kurash bo'yicha hal qiluvchi bellashuvlar start oladi. Unda O'zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili bronza medali uchun gilamga chiqadi:

74 kg. Bekzod Abdurahmonov - Perman Hommadov (Turkmaniston)

86 kg. Javrail SHapiev - Magomed SHaripov (Bahrayn)

125 kg. Hasanboy Rahimov - Ayyal Lazarev (Qirg'iziston).


10:31. Magomed Ibragimov bronza medali uchun o'tish bosqichida mo'g'ulistonlik Ganhuyag Ganbataar bilan bahs olib bordi va 4:14 hisobida mag'lubiyatga uchradi.


10:00. Javrail SHapiev yarim final bosqichida hindistonlik Dipak Punya bilan bahs olib bordi va 3:4 hisobida alamli mag'lubiyatga uchradi. U ham bronza uchun kurashadigan bo'ldi.


9:48. Bekzod Abdurahmonov ham bronza uchun kurashadigan bo'ldi. Hamyurtimiz yaponiyalik Kirin Kinoshitaga qarshi kechgan yarim final bahsida, afsuski, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.


9:42. Magomed Ibragimov bronza medali uchun o'tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Uning nimchorak finaldagi raqibi, eronlik Moytaba Goleyj finalga yo'l oldi.


9:35. Hasanboy Rahimov yarim finalda mo'g'ulistonlik Lahvagerel Munhturga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Hamyurtimiz endilikda bronza medali uchun kurashadi.


9:28. Bizda navbatdagi yarim final! Javrail SHapiev chorak final jangida qozog'istonlik Azamat Daulatbekov bilan to'qnash keldi va 4:3 hisobida g'alaba qozondi.


9:17. Bekzod Abdurahmonov qozog'istonlik Darxan Essengalini 3:1 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.


8:59. Erkin kurash. Hasanboy Rahimov yarim finalda! Hamyurtimiz chorak final jangida yaponiyalik Taiki Yamamotoni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


8:44. Erkin kurash. Javrail SHapiev (86 kg) nimchorak final doirasida pokistonlik Hayder Ali Buttga qarshi gilamga chiqdi. Bellashuv 11:0 hisobida sportchimiz foydasiga yakunlandi.


8:26. Erkin kurash. Bekzod Abdurahmonov (74 kg) nimchorak final bosqichida Bahrayn vakili Magomedrasul Asluev bilan to'qnash keldi. Bellashuv 2:0 hisobida hamyurtimiz foydasiga yakunlandi.


— Karatechimiz Sevinch Rahimova ishtirokidagi final bahsi Toshkent vaqti bilan taxminan 14:00-14:30 atrofida start oladi. Hal qiluvchi jangda hamyurtimizga Xitoy Taypeyi vakili Cuy Ping Ku raqiblik qiladi.


— Slalomda eshkak eshish bo'yicha final Toshkent vaqti bilan 11:22 da start oladi. Unda o'zbekistonlik Jonibek Temirgaliev ham ishtirok etadi.


7:47. Erkin kurash. Hasanboy Rahimov (125 kg) ilk jangida koreyalik Eyhyun Jungni 9:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak final masalasini hal qildi.


7:41. Sevinch Rahimova yarim final bosqichida koreyalik Sohyun Hvanni 8:0 hisobida mag'lub etdi va Osiyo o'yinlari finaliga yo'l oldi!


7:35. Sevinch Rahimova yarim finalda! U xitoylik Ding Jiameyni 7:0 hisobida taslim etdi!


7:33. Karate. Sevinch Rahimova (-55 kg) nimchorak final bosqichida tailandlik Sirikamonnate CHokprasertgul bilan jang qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.


7:26. Erkin kurash. Magomed Ibragimov (97 kg) nimchorak finalda eronlik Moytaba Goleyjga qarshi bahs olib bordi va 7:13 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endilikda, Magomed raqibining finalga chiqishi orqaligina o'tish bosqichida ishtirok etishi mumkin.


7:15. Slalomda eshkak eshish. SHahobiddin Boltaboev hamda Jonibek Temirgaliev ishtirok etgan yarim final bahsida Boltaboev 106.45, Temirgaliev esa 106.30 natija natija qayd etdi. Yakunda Jonibek Temirgaliev finalga yo'l oldi.  


7:00. Jiu-jitsu. Ozoda Nurmatova nimchorak finalda BAA vakilasi Muhra Mahfud bilan jang qildi va mag'lub bo'ldi. 


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga bag'ishlangan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.  


7 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:

5:30 dan so'ng. - Karate. Ayollar, -55 kg, nimchorak final. Sevinch Rahimova - Sirikamonnate CHokprasertgul (Tailand)

6:00 dan so'ng. - Jiu-jitsu. Ayollar, -63 kg, nimchorak final. Ozoda Nurmatova - Muhra Mahfud (BAA)

6:25. Slalomda eshkak eshish. Erkaklar, yarim final. SHahobiddin Boltaboev, Jonibek Temirgaliev

7:00 dan so'ng. - Erkin kurash. 97 kg, nimchorak final. Magomed Ibragimov - Moytaba Goleyj (Eron)

7:00 dan so'ng. - Erkin kurash. 125 kg, nimchorak final. Hasanboy Rahimov - Eyhyun Jung (Koreya Respublikasi)

7:00 dan so'ng. - Erkin kurash. 74 kg, nimchorak final. Bekzod Abdurahmonov - Magomedrasul Asluev (Bahrayn)/Parinya CHamnanjan (Tailand) bahsi g'olibiga qarshi

7:00 dan so'ng. - Erkin kurash. 86 kg, nimchorak final. Javrail SHapiev - Hayder Ali Butt (Pokiston)

11:00. Sinxron suzish. Juftlik, final. O'zbekiston (Diana Onkes, Ziyodaxon Toshxo'jaeva)

11:00 dan so'ng. - Karate. Erkaklar, -67 kg, 1/16 final. Sadriddin Saymatov - Kalish Nurlanbek Uluu (Qirg'iziston)

11:30-15:50. - Badiiy gimnastika. Yakkalik, final. Taxmina Ikromova, Evelina Atalyanc

12:00. - SHaxmat. Erkaklar, jamoaviy, 9-tur (Hal qiluvchi)

12:00. - SHaxmat. Ayollar, jamoaviy, 9-tur (Hal qiluvchi)

12:00. - Og'ir atletika. Ayollar, +87 kg. Tursunoy Jabborova

13:00. Futbol. Erkaklar, bronza medali uchun. O'zbekiston - Gongkong

16:00. - Og'ir atletika. Erkaklar, +109 kg. Rustam Jangabaev.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
07 okt 20:10:54
Bulent Ersoy
Evilina 2 urinda ketyatuvdiyu qanaqib 4 bulib qoldi nime kursatmisila bu yil umuman translatsiya yaxshi bumadi 2 -3 ta kanalda kursatsa bulardi shungayam pul tulashganmi
+1   
07 okt 17:52:43
Judo 1
SEVINCH RAHIMOVAGA KATTA RAHMAT, OLTIN MEDAL MUBORAK!
+1   
07 okt 17:50:11
Таир Мадияров
Атана рахмет Рустам! Бронзада биз ушын жетискенлик!
+1   
07 okt 16:28:52
Aziz Nabiev
Oxirgi kurashda kardiosi yetmay qoldimi 10 sekond qolgan ham 6-2 oldinda edi mahkam turmaydimiey ehh oson emas bilaman lekin murabbiy jangovarlik chaqirib turish kerakda jim utiribdi bronza ham ketdi.
+1   
07 okt 15:24:54
Aziz Nabiev
Qoyiley zo'r urisharkan karatechi qizimiz oltin muborak.
+1   
07 okt 07:35:22
Тож
Кун яна мағлуб бўлди, деган гапдан бошландию!
   
07 okt 16:47:05
Улугбекжон
Жангабаевни травмаси кузгамаса бирор нарса килиши мумкин!!! Бадиий гимнастикачи кизлар чикишидан хам медал кутса булади!!!
   
07 okt 16:28:48
Саламат Мусаев
Нимага Жангабаевнинг чикишини обермаябди
   
07 okt 16:23:21
Bulent Ersoy
Rustam Jangabaevga omad yor bulsin hudo holasa oltin oladi tvda kursatila
   
07 okt 13:35:28
Bulent Ersoy
Barakalla Tursunoy uzbnatijasini yaxshilabti 118 xali kutarmagandi kelgusida omad
   
07 okt 11:24:37
Далер Рахимов
Хали Гонг Конгдан футболга ютказмасак эди.
   
07 okt 11:23:07
Далер Рахимов
Даббалар
   
07 okt 10:39:34
Bulent Ersoy
Xindlar bu yunalishdayam medal olishadigan bulibtida ex ularxozirni uzida 25 tilla bizga nasib qilarmikin ulardan oshish omad yor bulsin sportchilarimizga
   
07 okt 10:35:01
Boks
Еркин кураш юнон Рум кураш енг ишонган спортимиз еди, хатто бокстанам копро ишонарди
   
07 okt 10:32:44
Boks
Хиндлар качондан бери яхши курашадган болиб колди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing