So’nggi yangiliklar

15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0 14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0 13:44Фьюри фаолиятида саккизинчи маротаба нокдаун ҳолатига тушиб қолди 0 13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0 11:57Қозоғистонлик жангчи икки ўзбек ММАчисига "вызов" ташлади 0 11:36Олимпиада-2024 лицензианти Бекзод Абдураҳмонов Парижга бормаслиги мумкин 0 11:15"Байер" раҳбарияти футболчиларга чемпионлик узуклари тақдим этди + ФОТО 0 10:54Усик Тайсон Фьюрининг реванш ҳақидаги сўровига 4 та сўз билан жавоб берди 0 10:33Усик — Фьюри жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма + ФОТО 0

28 sen 19:12
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining beshinchi kunini 3 ta bronza medali bilan yakunladik

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Bugun, 28 sentyabr kuni Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida beshinchi kun bellashuvlari o'tkazildi.

Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.

Sovrindorlar ro'yxati:

Vladimir Svechnikov (O'q otish)

Svetlana Osipova (Taekvondo)

Humoyun Sultonov (Tennis).



- - - - -


Ushbu sahifa orqali bugungi kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.

- - - - -


19:04. Kibersportning Peace Elite (PUBG) o'yini bo'yicha terma jamoamiz 2-raundni yakunladi. Afsuski, vakillarimiz bu safar Saudiya Arabistoni, SHri-Lanka va Makao joy olgan guruhda so'nggi natijani qayd etdi. Bu esa keyingi bosqichga o'tish uchun etarli bo'lmadi. Eslatib o'tamiz, tarkibda taniqli strimer "Yakudza" ham bor edi.


19:00. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (-71 kg) filippinlik raqibiga qarshi nimchorak final jangini o'tkazdi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Jang davomida hamyurtimiz raqibini bir necha bor nokdaun holatiga tushirdi.


18:29. Futbol bo'yicha ayollar terma jamoamiz "A" guruhida 2-tur o'yinini mezbon Xitoyga qarshi o'tkazdi va 0:6 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Qizig'i, futbolchilarimiz ilk turda Mo'g'ulistonni huddi shu hisobda taslim etgan edi.


18:00. Suv polosi. Ayollar terma jamoamiz Yaponiyaga qarshi bahsda 7:37 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bu vakilalarimizning musobaqa doirasidagi to'rtinchi o'yini bo'ldi. Keyingi o'yin 30 sentyabr kuni Singapurga qarshi bo'lib o'tadi.


17:48. Hasanboy Do'smatov nimchorak final doirasida qozog'istonlik Saken Bibiosinov bilan jang qildi va 4:1 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi!


16:49. Suzuvchimiz Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida suzish yo'nalishining final bosqichida 23:56 natija bilan 8 nafar sportchi orasida oltinchi bo'ldi.


16:08. O'zbekiston U23 (erkaklar) terma jamoasi nimchorak final bosqichida Indoneziyani 2:0 hisobida mag'lub etdi va chorak final masalasini hal qildi.  


16:06. Boks. Rayhona Qodirova qatarlik Dana Al Jaborni ilk raunddayoq muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.


Qariyb bir yarim soatlik tanaffusdan so'ng yana o'zbekistonlik sportchilar ishtiroki start olmoqda. Bokschimiz Rayhona Qodirova hamda suv polochilarimiz ishtirokidagi bahslar boshlanish arafasida


15:50. Velosportchimiz Aleksey Fomovskiy omnium poygalarini beshinchi o'rinda yakunladi.


14:30. Velosport. Olga Zabelinskaya va Nafosat Qozieva medisonda to'rtinchi natijani qayd etishdi. Afsuski ushbu yo'nalishda ham medal uchun ozgina etmadi.


14:18. Stol tennisi. Marhabo Magdieva va Rozalina Xadjieva tandemi xitoylik raqibalariga 0:3 (1:11, 4:11, 1:11) hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.


13:30. Humoyun Sultonov yarim finalda dunyoning 60-raketkasi, xitoylik Jijeng Jangga 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va Osiyo o'yinlarining bronza medali sohibiga aylandi!


13:03. Humoyun Sultonov birinchi setda 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.


12:55. Oksana CHusovitina o'z chiqishini 13,084 ball bilan yakunladi va to'rtinchi o'rinni egalladi.


12:10. Kibersportchilarimiz Peace Elite (PUBG) o'yini bo'yicha "A" guruhi saralashini birinchi bosqichini 2-o'rinda yakunladi. Terma jamoamiz tarkibida SHohruz "Yakudza" Nazarov, Rikardo "Rikki" SHarafiddinov, Diyorjon Abdumalikov hamda Jamoliddin Turg'unov harakat qildi. Birozdan so'ng kechki dasturda 1/8 final yo'nnalmasi uchun kurash bo'ladi. 


12:04. Sport gimnastikasi. Humoyun Islomov finalni to'rtinchi o'rinda yakunladi. Exxx... Medalga ozgina etmadik. To'rtinchi o'rin!


11:17. Svetlana Osipova yarim final bosqichida xitoylik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va natijada Osiyo o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritdi.


11:02. Svetlana Osipova ishtirokidagi yarim final jangi boshlanmoqda. "Sport TV"da jonli efir.


10:00. Svetlana Osipova Toshkent vaqti bilan soat 11:00da yarim finalda xitoylik raqibasiga qarshi dayanga chiqadi.


9:30. Birozdan so'ng tennischimiz Humoyun Sultonov yarim finalda xitoylik raqibga qarshi kortga chiqadi.  


8:52. Bizda kunning dastlabki medali! To'pponchadan 10 metrdan o'q otish bahslarida Vladimir Svechnikov BRONZA medalni qo'lga kiritdi!


8:37. O'q otish. Vladimir Svechnikov finaldagi ishtirokini boshladi. "Sport TV"da jonli efir. 


8:33. Stol tennisi. Marhabo Magdieva gonkonglik raqibasiga 0:4 hisobida yutqazdi.


8:18. Qilichbozlik. Sablya bo'yicha erkaklar terma jamoamiz chorak finalda Xitoyga 31:45 hisobida yutqazdi. 


8:15. CHim ustida xokkey. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda terma jamoamiz Pokistonga 2:18 hisobida mag'lub bo'lishdi. 


8:11. O'q otish. 10 metrga to'pponchadan otish bahslarida yigitlarimizga biroz omad etishmadi va finalda to'rtinchi natijani qayd etishdi. 


8:04. Taekvondo. Nikita Rafalovich musobaqadagi ishtirokini chorak finaldan boshladi. U Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi jangda afsuski 1:2 (3:4, 8:0, 2:3) hisobida yutqazib qo'ydi. 


7:45. Suzuvchimiz Eldorbek Usmonovning natijasi final uchun etarli bo'ldi va u kechki dasturda medallar uchun suzadi.


7:31. Taekvondochimiz Svetlana Osipova o'z ishtirokini chorak finaldan boshladi. U ilk jangini eronlik raqibasiga qarshi o'tkazdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 


7:21. 50 metrga batterflyay usulida suzish bahslarining saralashida yurtdoshimiz Eldorbek Usmonov o'z guruhida 23.54 natija bilan marraga uchinchi bo'lib etib keldi. Birozdan so'ng uning finalga chiqqan-chiqmaganlini aniq bo'ladi.


6:55. Qilichboz yigitlarimiz sablya yo'nalishida Vetnamni 45:40 hisobida mag'lub etishdi va chorak finalga chiqishdi. Navbatdagi raqib - Xitoy.


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid navbatdagi onlayn matnli translyaciyani boshlaymiz.


Bugun kun davomida quyidagi sportchilar O'zbekiston sharafini himoya qiladi:  

6:00. - O'q otish. Erkaklar, 10 metrga to'pponchadan o'q otish, saralash. Vladimir Svechnikov, Muhammad Kamolov, Veniamin Nikitin

6:00. - O'q otish. Erkaklar, 10 metrga to'pponchadan o'q otish, jamoaviy, final. O'zbekiston (Vladimir Svechnikov, Muhammad Kamolov, Veniamin Nikitin)

6:00. - Qilichbozlik. Erkaklar jamoaviy, sablya, nimchorak final. O'zbekiston - Vetnam

6:00. - CHim ustida xokkey. Erkaklar, "A" savatcha, 3-o'yin. O'zbekiston - Pokiston

6:00. - Kibersport. Peace Elite o'yini bo'yicha, "A" guruhi, 1-raund. O'zbekiston (Diyorjon Abdumalikov, SHohruz Nazarov, Jamoliddin Turg'unov, Rikardo SHarafiddinov)

7:00. - Velosport. Aleksey Fomovskiy (erkaklar, omnium)

7:30. - Velosport. Ayollar, Sprint. Nafosat Kozieva, Olga Zabelinskaya

7:10 dan so'ng. - Suzish. 50 metrga batterflay usulida suzish, saralash. Eldorbek Usmonov

7:15. - Taekvondo. Ayollar, +67 kg, chorak final. Svetlana Osipova - Anahita Tavakoli (Eron)/Kirstie Alora (Filippin)

7:45. - Taekvondo. Erkaklar, +80 kg, chorak final. Nikita Rafalovich - En Meng Li (Xitoy Taypeyi)/Ray Rahi (Livan)

8:00. - Stol tennisi. - Ayollar, yakkalik, 1/16 final. Marhabo Magdieva - Xoy Kem Du

10:00 dan so'ng. - Tennis. Erkaklar, yakkalik, 1/2 final. Humoyun Sultonov - Jizen Jang (Xitoy)

11:30. - Sport gimnastikasi. Erkaklar, tayanib sakrash, final. Humoyun Islomov

11:30 dan so'ng. - Sport gimnastikasi. Ayollar, tayanib sakrash, final. Oksana CHusovitina

13:00 dan so'ng. - Stol tennisi. Ayollar, juftlik, 1/16 final. Marhabo Magdieva/Rozalina Xojaeva

13:30. - Futbol. Erkaklar, nimchorak final. O'zbekiston - Indoneziya

16:00. - Suv polosi. Ayollar. O'zbekiston - Yaponiya

16:00. - Boks. Ayollar, -60 kgda nimchorak final. Rayhona Qodirova - Dana Al-Jabor (Qatar)

16:30. - Futbol. Ayollar, "A" guruhi, 2-tur. O'zbekiston - Xitoy

17:30. - Boks. Erkaklar, -51 kgda nimchorak final. Hasanboy Do'smatov - Saken Bibosinov (Qozog'iston)

18:45. - Boks. Erkaklar, -71 kgda nimchorak final. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev -  Maryon Pianar (Filippin).

Reyting:    

Fikrlar

+1   
28 sen 11:07:37
Fahritdin Tashkenbaev
Чим устида хоккей термамиз кучадан териб олинган боллардан иборат дейманов!!! Индия 18-0 , Покистон !8-2 !!!! Бу нимаси??? Бир замонда аёллар жамоаси Андижанка СССР чемпионлари булган, эркаклар Мехнат юкори уринларда юрган эдику???!!!
   
28 sen 16:53:24
Bulent Ersoy
Bugun medalni chug'i kam gankong yana oshti 2 olgandagimnatikadan zo'r bulardi
   
28 sen 14:48:11
Bulent Ersoy
Zabelinskaya qaribtimi deyman unda meldal kutgandim
   
28 sen 14:16:04
Bulent Ersoy
Velosport nima buldi gapishishgayam arrzimadimi ma'lumot bermadila
   
28 sen 11:24:04
Diyorbek Tirkashev
Qaysi sport turlari qaysi kunlari boshlanadi qanday bilsak bo‘ladi.
   
28 sen 11:19:45
Boks
Afsus osipvayam yaxshi jang otqazip, durrang bolib yutqazdi, endi bugun oltin yoq
   
28 sen 10:55:01
Aziz Rakhmatov
Bulent Ersoy foydalanuvchining fikriga javob berish
Endi Baydarka va kanoyechilar baxsga kirishmasa buyog'iga qiyin buladimi deyman
Олтин медал кутадиган спорт турларида
Бокс
Кураш
Огир атлетика
Спорт курашлари колди
Яна Каратедан
Енгил атлетика
Бадиий гимнастикада олтинга давогар спортчилар бор.

Лекин 2018-йилги олтин медал жамгариш буйича рекордни такрорлай олишмаса керак.
   
28 sen 10:41:44
Boks
Aziz foydalanuvchining fikriga javob berish
Шундай. битта раундни 8:0 ютиб, қолган иккитасида 0:1, 0:1 ютқазса ҳам умумийда мағлуб бўлади
Afsus juda alamli maglubiyat raqibdan kuchli bola tura yutqazish, ushbu osiyo oyinlari eng yorqin sportchilarimizdan biri edi
   
28 sen 08:58:59
Aziz
Boks foydalanuvchining fikriga javob berish
Tushinmadim hoz taykvandoda ochkolar emas raund sanaladigan boagnmi, nikita umumi hisobda katta farq bilan yutib roundlarda yutqazdimi
Шундай. битта раундни 8:0 ютиб, қолган иккитасида 0:1, 0:1 ютқазса ҳам умумийда мағлуб бўлади
   
28 sen 08:27:05
Boks
Bugun osipova nimadur qilmasa qolganlardan nimadir kutish qiyinro, umuman oltinsiz kundek otadigandek
   
28 sen 08:24:52
Bulent Ersoy
Endi Baydarka va kanoyechilar baxsga kirishmasa buyog'iga qiyin buladimi deyman
   
28 sen 08:22:30
Bulent Ersoy
Bugun omadsiz kunimiz shekilli ertalabdan omadsiz boshladik Rafalovich yutqazgani tushunmadim
   
28 sen 08:10:26
Boks
Tushinmadim hoz taykvandoda ochkolar emas raund sanaladigan boagnmi, nikita umumi hisobda katta farq bilan yutib roundlarda yutqazdimi
   
28 sen 07:09:52
Bulent Ersoy
Xitoy Yaponiya biznikilarga qura sal omadsiz tushyaptida
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing