So’nggi yangiliklar

13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0 11:57Қозоғистонлик жангчи икки ўзбек ММАчисига "вызов" ташлади 0 11:36Олимпиада-2024 лицензианти Бекзод Абдураҳмонов Парижга бормаслиги мумкин 0 11:15"Байер" раҳбарияти футболчиларга чемпионлик узуклари тақдим этди + ФОТО 0 10:54Усик Тайсон Фьюрининг реванш ҳақидаги сўровига 4 та сўз билан жавоб берди 0 10:33Усик — Фьюри жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма + ФОТО 0 10:12UFC Fight Night 241 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 09:51МЛС. Сўнгги дақиқаларда киритилган гол "Интер Майами"ни пешқадамга айлантирди 0 09:30Тайсон Фьюри: "Мен бу жангда ютқазмадим" 1 09:09UFC Fight Night 241 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 08:48Париж-2024 Олимпиадасида стол теннисчиларимиздан ҳеч ким бўлмайди 0 08:27Суперлига. Бугун Наманганда водий дербиси бўлиб ўтади 0

27 sen 18:15
Yangiliklar

Boks/MMA, Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining to'rtinchi kunida sportchilarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi

Bugun, 27 sentyabr kuni Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida to'rtinchi kun bellashuvlari o'tkazildi.

Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.


Oltin: 

Ulug'bek Rashitov (taekvondo)


Kumush:

Feruza Sodiqova (taekvondo)

Nodirbek Abdusattorov (shaxmat)

Umida Omonova (shaxmat)

Dzyudo terma jamoamiz 


Bronza:

Javohir Sindarov (shaxmat)


- - - - -


Ushbu sahifa orqali bugungi kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH 


18:02. Bokschi Ruslan Abdullaev mo'g'ulistonlik kuchli raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


17:40. Bokschimiz Ruslan Abdullaevning mo'g'ulistonlik CHinzorig Batarsuxga qarshi jangi boshlanmoqda


16:41. Suzuvchimiz Eldorbek Usmonov 100 metrga batterflay usulida suzish yo'nalishida final bahsida ishtirok etib, 52:81 natija qayd etdi. Afsuski, hamyurtimiz bu orqali 8 nafar sportchi orasida so'nggi natijani qayd etdi.


15:51. Umida Omonova mezbon sportchidan so'ng ikkinchi natijani qayd etdi va Osiyo o'yinlarining kumush medali sohibasiga aylandi!


15:06. Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo'lga kiritdi!


15:05. Javohir Sindarov bronza medaliga ega chiqdi!


14:54. Suv polosi. Qizlarimiz Tailandga 11:17 hisobida yutqazishdi. 


14:45. Gulnoza Matniyazova ham yutqazdi. O'zbekiston - Yaponiya 0:4. O'zbekiston dzyudochilari mikst yo'nalishida kumush medalni qo'lga kiritishdi! Yaxshi ishtirok!


14:36. Tennis. Humoyun Sultonov/Sergey Fomin juftligi chorak finalda Xitoy Taypeyi vakillariga 2:6, 3:6 hisoblarida yutqazishdi.


14:33. Dzyudo. Murodjon Yo'ldoshev ham yutqazdi - 0:3.


14:30. Gandbolchi qizlarimiz Qozog'istonga 33:37 hisobida yutqazib qo'yishdi.


14:27. Diyora Keldiyorova ham yutqazdi. O'zbekiston - Yaponiya 0:2.


14:25. Dzyudochilarimiz finalni boshlashdi. Ilk jangda Alisher Yusupov yutqazib qo'ydi. O'zbekiston - Yaponiya 0:1.


13:55. Taekvondochimiz Feruza Sodiqova finalda xitoylik raqibasiga qarshi jang qildi va afsuski 0:2 (0:2, 3:9) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. KUMUSH!


13:48. Dzyudoda birozdan so'ng jamoaviy bahslar finali boshlanadi. O'zbekiston Yaponiyaga qarshi!


13:45. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham 8-turda g'alabaga erishdi! SHaxmatda medal uchun imkoniyatlarimiz yanada oshdi!


13:42. OLTINNNNN!!! Ulug'bek Rashitov finalda iordaniyalik raqibini 2:0 (14:6, 13:9) hisobida mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi!


13:30. Taekvondoda finallar boshlanmoqda. Hamyurtlarimiz oltin medal uchun jang qilishadi. 

-68 kg: Ulug'bek Rashitov - Zaid Abdul Karim (Iordaniya)

-67 kg: Feruza Sodiqova - Jie Song (Xitoy)


13:20. Umida Omonova qozog'istonlik jahon chempioni Abdumalik Jansayani mag'lubiyatga uchratdi va o'z imkoniyatlarini yaxshilab oldi! U o'zi uchun medalni naqd qildi. Birozdan so'ng 9-turda medalni qandayligini bilib olamiz!


13:18. Bokschimiz Lazizbek Mullojonov hindistonlik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi!


12:52. Taekvondoda yana bir final!!! Feruza Sodiqova eronlik raqibasini 2:1 hisobida mag'lub etib, Osiyo o'yinlari finaliga chiqdi!


12:33. Qilichbozlik. Jamoaviy shpaga yo'nalishida qizlarimiz chorak finalda Yaponiyaga 32:45 hisobida yutqazishdi. 


12:28. Ulug'bek Rashitov Osiyo o'yinlari finaliga yo'l oldi! U yarim finalda koreyalik raqibini 2:0 hisobida mag'lub etdi! 


12:15. Taekvondochilarimiz ishtirokidagi yarim finallar boshlanmoqda!


12:05. SHaxmatchilarimiz boshlashdi. Bugun yakkalik bahslarida medallar taqdiri hal bo'ladi. So'nggi ikki tur qolgan. Tur oldidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Umida Omonovada medallar uchun imkoniyat bor.


11:50. Taekvondochimiz Jasurbek Jaysunov chorak finalda iordaniyalik kuchli raqibiga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Yurtdoshimiz g'alabaga juda-juda yaqin kelgandi... Ammo Olimpiada finalchisiga qarshi jangda biroz omad yuz o'girdi.


11:48. Bokschimiz Sabina Boboqulova singapurlik raqibasini 5:0 hisobida mag'lub etdi!


11:29. Taekvondochimiz Feruza Sodiqova qozog'istonlik raqibiga qarshi kechgan qiyin jangda 2:1 hisobida g'alaba qozondi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 


11:20. Taekvondo. Ulug'bek Rashitov Xitoy Taypeyi vakilini 2:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi!


10:27. Gandbol. Erkaklar terma jamoamiz Bahraynga 25:47 hisobida yutqazib qo'ydi.


10:02. Stol tennisi. Rozalina Xadjieva singapurlik raqibasiga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi.


9:46. Humoyun Sultonovning raqibi jarohat tufayli uchinchi setni ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Natijada Humoyun bu setda 6:1 hisobida g'alaba qozonib, uchrashuvni 2:1 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Ahamiyatlisi, Humoyun bu g'alaba orqali yarim finalga yo'l oldi va kamida bronza medalini naqd qildi.


9:10. Humoyun Sultonov ikkinchi setni tay-brekda o'z foydasiga hal qila oldi - 7:6. Uchinchi set g'olibni aniqlab beradi.


9:00. Murodjon Yo'ldoshev, Davlat Bobonov, Alisher Yusupov, Rinata Ilmatova, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyozovadan iborat mikst terma jamoamizning finaldagi raqibi Yaponiya bo'ladi. Bahs 13:00 dan so'ng boshlanadi.


8:55. Dzyudochilarimiz yarim finalda Xitoyni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!!!


8:40. 100 metrga batterflay usulida suzish bo'yicha final bahsi Toshkent vaqti bilan 16:35 da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, mazkur final bahsida o'zbekistonlik Edlorbek Usmonov ham ishtirok etadi.


8:22. Qilichbozlik bo'yicha rapira yo'nalishidagi erkaklar terma jamoamiz chorak finalda Xitoyga qarshi bahs olib bordi va yakunda 26:45 hisobida imkoniyatni boy berdi. 


8:10. Dzyudo terma jamoamiz chorak finalda Tailandni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Vakillarimiz yarim finalda mezbon Xitoy bilan to'qnash keladi.


8:07. Tennis. Humoyun Sultonov yakkalik bahslari chorak final o'yinini o'tkazmoqda. Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi kechayotgan bahsda u birinchi setda 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 


8:03. Suzuvchimiz Egor Petryakov 200 metrga erkin usulda suzish bo'yicha saralash bosqichida 1:52:00 natijani qayd etdi. Petryakov bu natija orqali o'z saralash guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi, ammo bu natija Egorning finalga chiqishi uchun etarli bo'lmadi.


7:54. Yana bir taekvondochimiz Jasurbek Jaysunov (-80 kg) nimchorak final bosqichida quvaytlik Bandar Alenezi bilan jang qildi va 2:0 (10:0, 13:2) hisobida g'alaba qozondi. Jasur bu g'alabasi orqali chorak finalga yo'l oldi.


7:41. Kibersport. Dream Three Kingdoms 2 o'yini bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqada vakillarimiz "B" guruhining ilk o'yinida Filippinga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ular keyingi o'yinni Qozog'istonga qarshi o'tkazadi. Bahs 08:10 da start oladi.


7:38. Dzyudo bo'yicha erkaklar terma jamoamiz chorak finalda Tailand termasi bilan to'qnash keladi. Tailand nimchorak finalda Filippinni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 


7:28. Suzish. Eldorbek Usmonov 100 metrga batterflay usulida suzish yo'nalishida saralash bosqichida ishtirok etib, 52:85 natija qayd etdi va finalga yo'l oldi!


7:26. Taekvondo. Feruza Sodiqova nimchorak final bosqichida tailandlik Sasikorn Tongchan bilan jang qildi va 2:0 (5:4, 11:10) hisobida g'alaba qozondi. Feruza ushbu g'alabasi orqali chorak final masalasini hal qildi.


7:09. Taekvondo. Olimpiada chempioni Ulug'bek Rashitov ilk jangini gongkonglik raqibiga qarshi o'tkazib, 2:0 (14:1, 16:4) hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.


6:51. Qilichbozlarimizning chorak finaldagi raqibi mezbon Xitoy bo'ladi! 


6:41. Qilichbozlik bo'yicha erkaklar terma jamoamiz Tailand ustidan 45:26 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi. 


6:20. Hozirda faqatgina qilichbozlik bo'yicha erkaklar terma jamoamiz o'z bahsiga kirishgan. Yigitlarimiz Tailand vakillarini 25:14 hisobida mag'lub etmoqda, bahs yakuniga qadar yana 4 ta jang qoldi.


Assalomu alaykum. O'zbek sportchilarining Osiyo o'yinlaridagi ishtirokidan onlaynni boshlaymiz. 

- - - - - - 

27 sentyabrda kun davomida quyidagi sportchilar O'zbekiston sharafini himoya qiladi:  

6:00. - Qilichbozlik. Rapira, erkaklar jamoaviy, 1/16 final. O'zbekiston - Tailand

6:00. - Kibersport. Dream Three Kingdoms 2 o'yini. "B" guruhi, 1-o'yin. O'zbekiston - Filippin

07:00. - Tennis. Erkaklar, yakkalik, chorak final. Humoyun Sultonov - CHunsin Ceng (Xitoy Taypeyi)

07:00 dan so'ng. - Dzyudo. Jamoaviy mikst bahslari. O'zbekiston - Filippin/Tailand bahsi g'olibiga qarshi

07:15. - Taekvondo. Erkaklar, -68 kg, nimchorak final. Ulug'bek Rashitov - Fung Vay Lo (Gongkong)/Ahmad Bahlol (Falastin) bahsi g'olibiga qarshi

07:15 dan so'ng. - Suzish. Erkaklar, 100 metrga batterflay usulida suzish. Eldorbek Usmonov

07:30. - Taekvondo. Ayollar, -67 kg, nimchorak final. Feruza Sodiqova - Yuen Ting So (Gongkong)

07:45. - Taekvondo. Erkaklar, -80 kg, nimchorak final. Jasurbek Jaysunov - Bandar Alenezi (Quvayt)

07:45 dan so'ng. - Suzish. Erkaklar, 200 metrga erkin usulda suzish. Egor Petryakov

9:00. - Gandbol. Erkaklar, "S" guruhi. O'zbekiston - Bahrayn

09:15. - Stol tennisi. Ayollar, yakkalik, 1/32 final. Rozalina Xojieva - Jingi Jou (Singapur)

10:00. - Tennis. Erkaklar, juftlik, chorak final. O'zbekiston 1 - Xitoy Taypeyi 2

11:30. - Boks. Ayollar, -50 kg, nimchorak final. Sabina Boboqulova - Matial Danisha (Singapur)

12:00. - Gandbol. Ayollar, "A" guruhi. O'zbekiston - Qozog'iston

12:00. - SHaxmat. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nilufar Yakubboeva, Umida Omonova

13:00. - Boks. Erkaklar, -92 kg, nimchorak final. Lazizbek Mullojonov - Sanjiit (Hindiston)

13:30. - Suv polosi. Ayollar, robin raundi. O'zbekiston - Tailand

17:45. - Boks. Erkaklar, -63,5 kg, nimchorak final. Ruslan Abdullaev - CHinzorig Batarsux (Mo'g'uliston).

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
27 sen 15:12:22
Bulent Ersoy
Naxotki shunday nomdor shaxmatchilarimizxam 1 tillo ololmadi xech bulmasa 3 imkoniyatdan 1 tasi tilla buladi deb uylagandim
+1   
27 sen 14:54:13
Aziz Nabiev
Obeddan keyin yutqazdi yutqazdi kupayib ketdiyov
+1   
27 sen 13:23:16
Тож
Оламспортга вақтида етказаётган маълумотлари учун рахмат. Гап йўқ.
+1   
27 sen 13:21:50
Тож
Кеча Спорт твни каттаси дзюдони олиб беришга доступ бор деган эди. Уёқда Ўзбекистон финалга чиқди. Лекин спорт тв жим. Уят!
   
27 sen 18:25:44
Bulent Ersoy
Shuning uchun faqat boksga etibor bermasdan boshqasigayam etibor berish kere 3 tasi starfa yutqazdi yan osiyolikdan masalan suzishda biz xech nimadi olmiymiz shuniyam bizga etibor rivozlanish bulsa yaxshi bulardi eng kup medallar suzish va engil atletikada uynaladi a
   
27 sen 18:07:55
Bulent Ersoy
Qillarimiz 2 yuqotishni tushunardim lekin Bolladan munaqa yo'qotish sharmandali medalsiz Qozog'istonliklar xali qizladayam bolladayam bironta janini yutqazmadi aksincha nakaut bn yuti
   
27 sen 14:52:59
Aziz Nabiev
Obeddan keyin
   
27 sen 13:59:51
Bobur 77777
Rashidov eng yorkin sportchimiz ajoyib galaba
   
27 sen 13:43:05
TOKIO-2020
Улуғбек чемпион.
   
27 sen 08:56:36
Bulent Ersoy
Агар сузишдаям медал олсак бу жуда Зур натижа буларди омад омад омад
   
27 sen 08:12:10
Bulent Ersoy
Shu kiber sportni biznikilar yutti deganini kurmadim bormasa bularkan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing