So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

10 sen 10:39
Yangiliklar

Dzyudo

Osiyo va Okeaniya chempionati g'oliblari poytaxtimizda munosib tarzda kutib olindi

Avval xabar berganimizdek, 6-8 sentyabr kunlari Qozog'istonning Atirau shahrida paradzyudo bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu turnirda ishtirok etgan paradzyudochilarimiz yakkalik bahslarida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallari sohibiga aylangan bo'lsalar, jamoaviy bahslarda kumush medallarni qo'lga kiritishdi va umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Kecha sportchilarimiz medallar shodasi bilan yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy Paralimpiya Associaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, OAV xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.

Paradzyudo bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionatida g'olib va sovrindorlari:

Erkaklar (yakkalik):

-60 kg: SHerzod Namozov – oltin medal

-81 kg: Davurxon Karomatov – oltin medal

-100 kg: SHarif Halilov – oltin medal

+100 kg: SHirin SHaripov – oltin medal

-90 kg: SHuhrat Boboev – kumush medal

-73 kg: Feruz Saidov – bronza medal

 

Ayollar (yakkalik):

-52 kg: Sevinch Salaeva – oltin medal

-57 kg: Parvina Samandarova – oltin medal

-70 kg: Vasila Aliboeva – oltin medal

-48 kg: Lobar Xurramova – kumush medal

-63 kg: Nafisa SHeripbaeva – kumush medal

 

Erkaklar (jamoaviy):

O'zbekiston terma jamoasi – kumush medal

 

Ayollar (jamoaviy):

O'zbekiston terma jamoasi – kumush medal

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing