27 mar 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar de la Xoyya qaytmoqda! U jang sanasini ham elon qildi
Olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyya faoliyatini qayti tiklayotganini malum qildi.
Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi rahbari, afsonaviy bokschi bu haqidagi qarorini mashhur reper - «Snup Dog»ga bergan intervyusida malum qildi. "Tilla bola" 13 yillik tanaffusdan so'ng 3 iyul kuni ringga ko'tariladi. Hozircha uning bo'lajak jangdagi raqibi malum emas.
Malumot uchun, de la Xoyya so'nggi bor 2008 yil ringda ko'rinish bergandi. O'shanda u texnik nokaut evaziga filippinlik afsona Menni Pakyaoga yutqazib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar