21 apr 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar de la Xoyyaning UFC sobiq chempioniga qarshi jang qilishi oydinlashmoqda
ONE promousheni ijrochi direktori CHatri Sityodtong boks bo'yicha olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyyaning UFC sobiq chempioni Eddi Alvares bilan jang qilishini mumkinligini aytdi.
"Ushbu jangning ehtimoli bor. Bu haqda Eddi bilan u Singapurda bo'lganida gaplashganman. Oskar Alvares bilan uchrashishni xohlamoqda. Bu ajoyib jang bo'ladi. Alvaresga men uni qo'llab-quvvatlashimni aytdim. Albatta ONE shartnomaviy huquqlarga ega, ammo men Oskarning ashaddiy muxlisiman. Agar u shunday jangni xohlasa, men bunga tayyorman ", - deya CHarti Sityodtongning so'zlarini keltirmoqda BJ Penn.
Eslatib o'tamiz, Oskar de la Xoyya 2008 yilda Menni Pakyaoga muddatidan oldin yutqazgan va o'shandan beri ringga chiqmagan. Boks afsonasi 3 iyul kuni jang o'tkazishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar