14 iyu 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA

O'smir bokschilarimiz Qirg'iz Respublikasida 100 foizlik natija bilan birinchi bo'lishdi
10-14 iyun kunlari Qirg'iz Respubikasning CHo'lpon-Ota shahri IX xalqaro "Qirg'iziston gavhari" sport o'yinlariga mezbonlik qildi.
O'zbekiston havaskor boks federaciyasi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, ushbu turnirning boks bahslarida o'smirlar jamoamiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Baxtiyorjon To'raboev boshchiligida 7 nafar bokschi bilan yo'l qo'shni davlatga yo'l olgan o'smirlarimizning bari yakunda oltin medallarga ega chiqdi.
G'oliblarimiz bilan tanishing:
Oltin medallar
-42 kg. Abduvoris Rahimjonov
-44 kg. Kamronbek Bahodirov
-46 kg. Javlonbek Mahamadisaqov
-54 kg. Asadbek Esonboev
-60 kg. Ibrohim SHokirjonov
-80 kg. Jahongir To'ychiboev
+80 kg. Asadbek Sultonboev
Murabbiy: Baxtiyorjon To'raboev.
Havola :
Fikrlar