So’nggi yangiliklar

12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0

23 dek 14:41
Yangiliklar

Dzyudo

O'smirlarimiz “Nosov Cup” xalqaro turniridan 3 ta medal bilan qaytishyapti

Teglar :  Dzyudo
Rossiya Federaciyasining Moskva viloyati Lyuberci shahrida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi ananaviy turnir yakuniga etdi.

O'z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilgan “Nosov Cup” xalqaro musobaqasida dunyoning yigirmadan ziyod davlatidan 2000 nafarga yaqin o'smirlar tatamiga chiqishdi. Bahslar 2006-2008 (qizlar), 2006-2007, 2008-2009, 2010-2011 (o'g'il bolalar) yil yosh toifalarida o'tkazildi.

“Triumf” sport saroyi mezbonlik qilgan turnirda O'lmas Gulliev murabbiyligidagi o'zbekistonlik 10 nafar yosh dzyudochi ham ishtirok etdi. Musobaqaning birinchi kuni -38 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Inoyat Telmonov bronza medaliga sazovor bo'lgandi.

Ikkinchi kungi bellashuvlarda SHarofiddin Rahmonov (-28 kg) va Inomjon Bahodirov (-50 kg) ham xalqaro turnirning bronza medalini qo'lga kiritdi. Moskvadagi turnirda 3 ta medalga ega chiqqan dzyudochilarimiz bugun soat 22:30da Toshkentga qaytib kelishadi.




O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing