01 may 09:16
Yangiliklar

O'smirlarimiz Osiyo chempionatini 8 ta oltin bilan yakunladilar
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, qita chempionatining so'nggi kuni 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari aniqlandi.
Ushbu yosh toifasida tashkil etilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, yosh bokschilarimiz 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Osiyo chempionatida barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz bokschilari umumiy hisobda 15 ta oltin, 15 ta kumush, 12 bronza medalini qo'lga kiritishdi. Ushbu natija bilan bokschilarimiz qita chempionatida ikkinchi o'irni egallashdi.
G'olib va sovrindorlar:
Oltin medallar:
-48 kg. Habibulla Saynazarov
-57 kg. Asilbek Abduqodirov
-63,5 kg. Saidxo'ja Sadillaxo'jaev
-70 kg. Diyorbek Murodilloev
-48 kg. Nazokat Mardonova
-57 kg. Farzuna Ro'zieva
-60 kg. Rushanabonu Isoeva
-80 kg. Mavjuda Abdusaidova
Kumush medallar:
-54 kg. Bobomurod Boymirzaev
-60 kg. Abrorbek SHaripov
-75 kg. Xurshidbek Jo'raev
-50 kg. SHodiyona Meliqo'zieva
-54 kg. Sabrina CHakomanova
-70 kg. Ulbosin Jalgasbaeva
-75 kg. Samira Turg'unova
Bronza medallar:
-52 kg. Asadbek Esonboev
+80 kg. Artur Kenesbaev
-52 kg. Qumriniso Muhammadova
+80 kg. Sohibaxon Xudoyberdieva
Fikrlar