24 sen 09:49
Yangiliklar
Ot yo'rttirish va konkur bo'yicha mamlakat kubogi o'tkazildi + FOTO
Ahamiyatlisi, ushbu turnir O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi tashkil etilganining 31 yilligiga bag'ishlandi.
Qiziqarli bellashuvlarga boy o'tgan musobaqada Dilshodbek Mamadaliev (“Sweet and Sour” laqabli otda) 100 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash yo'nalishida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Akbar SHaripov esa "Cachmaker" tulpori bilan 110 sm, "Affir" otida esa 120 sm balandlikdagi g'ovlardan sakrash yo'nalishida eng yuqori natijani ko'rsatdi.
SHuningdek, Milliy gvardiya qoshidagi ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida ham ot yo'rttirish dasturida kubok bahslari tashkil etildi. Uch kun davom etgan musobaqada Timur Panaev, Feruza Abdullaeva, Oksana Pavliva, Inna Tokmakova turli yo'nalishlarda zafar quchishdi.
Fikrlar