So’nggi yangiliklar

15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0 11:30Александр Усик 2026 йилги Жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди 0 10:52Жаҳон кубоги. Икки нафар боксчимизнинг жанги якунланди, бугун яна 3 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:27Теренс Кроуфорд Топуриянинг мағлубиятига изоҳ берди 0 08:59Испания ноҳуш анъанани давом эттирди 0 08:34Жастин Гэтжи Топурияга реванш берадими? Саволга унинг ўзи жавоб берди 0 08:06Илия Топурия Жастин Гэтжидан қабул қилган мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0

10 dek 10:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Otabek Umarov xalqaro sport tashkiloti vice-prezidentligiga tavsiya etildi

Teglar :  Otabek UmarovOOK
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Ijroiya qo'mitasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Onlayn tarzda o'tgan majlisda tashkilot oldida turgan bir qator muhim vazifalar, kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

Kun tartibidan 16 dekabr kuni O'mon davlatining Maskat shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Bosh assambleyasiga tayyorgarlik ko'rish, ushbu tadbirda bo'lib o'tadigan OOK rahbariyati tarkibiga, xususan, tashkilot vice-prezidentligiga O'zbekiston tomonidan taklif etiladigan nomzodni ko'rib chiqish, qolaversa, “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmonining ijrosini taminlash kabi masalalar o'rin oldi.

Maskatda bo'lib o'tadigan Bosh assambleyada avvalo 2030 yil bo'lib o'tadigan yozgi Osiyo o'yinlariga mezbon davlat aniqlanadi. SHuningdek, xalqaro tashkilotga vice-prezidentlar saylanib, 2025 yil bo'lib o'tadigan IV yoshlar Osiyo o'yinlarining mezbon mamlakati, yani O'zbekiston tomoni bilan shartnoma imzolanadi.

Hozirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi zimmasida turgan masuliyat har qachongidan yuqori. Zero, 2025 yilgi IV yoshlar Osiyo o'yinlariga ilk bora O'zbekiston, aniqrog'i Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Ushbu tadbirga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish, bu jarayonda Osiyo Olimpiya Kengashi bilan mustahkam aloqalarni yo'lga qo'yish g'oyatda muhim ahamiyat kasb eadi.

Ijroqo'm yig'ilishida ushbu jihatlar inobatga olinib, sport va tashkilotchilik borasida ulkan salohiyatga ega hamyurtimiz Otabek Umarov nomzodi Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidentligiga ilgari surildi. Malumki, Otabek Muhammadalievich O'zbekiston triatlon federaciyasi hamda mamlakat MMA associaciyasidagi faoliyati orqali yurtimizda ushbu sport turlarining rivojini yangi bosqichga ko'tarishga erishdi. Tadbirda so'z olganlar bu borada eng munosib nomzod tanlanganini alohida takidlab o'tishdi.

Malumot uchun, Osiyo Olimpiya Kengashida jami 10ta vice-prezident faoliyat ko'rsatadi. Ularning 5 nafari qitadagi mintaqalar bo'yicha ish olib borsa, qolgan yarmi Osiyo qitasida o'tadigan 5ta yirik kompleks musobaqalar, yani yozgi Osiyo o'yinlari, qishki Osiyo o'yinlari, Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, sohil Osiyo o'yinlari hamda yoshlar Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada tashkil etishga masul hisoblanadi. 16 dekabr kuni Maskatda bo'lib o'tadigan Assambleyada kelgusi yildan boshlab o'tkaziladigan kompleks musobaqalarga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar OOK vice-prezidentligi uchun o'z nomzodini ilgari surish imkoniyatiga egalar. SHu tariqa O'zbekiston ilk bor 2025 yil yoshlar Osiyo o'yinlarini qabul qilishi evaziga ushbu nufuzli tashkilot rahbariyatiga o'z vakilini nomzod qilib ko'rsatish huquqini qo'lga kiritdi.

SHuningdek, Ijroqo'm yig'ilishida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari direkciyasining direktori ham saylandi. Ushbu masuliyatli lavozimga MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov bir ovozdan maqullandi.

Yig'ilishda MOQ rahbari yurtimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish masalasiga ham alohida to'xtalib o'tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda viloyatlarda bu borada keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish, Qashqadaryo viloyatida o'tgan bellashuvlar misolida selekcion turnirlar orqali terma jamoa uchun iqtidorli yoshlarni saralash kabi masalalarga ham urg'u berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing