24 okt 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi
Professional bokschimiz Otabek Xolmatov faoliyatidagi to'rtinchi jangini o'tkazdi.
Xolmatov AQSHning Florida shtatida bo'lib o'tgan boks oqshomida Dominikan Respublikasi vakili Xuan Gabriel Medinaga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raundga mo'ljallangan jangda Xolmatov raqibini muddatidan avval nokautga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli sirdaryolik charm qo'lqop ustasi prof ringda to'rtta jang o'tkazgan va ularning barchasida zafar quchgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar