02 iyu 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov AQSHga safari oldidan To'lqin Qilichevning uyida mehmon bo'ldi + FOTO
Yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov WBA yo'nalishida jahon chempioni Ley Vudga qarshi chempionlik jangi oldidan murabbiyini yo'qladi.
Xolmatov joriy yilning mart oyida WBA tashkiloti tomonidan majburiy davogar deya elon qilingan edi. May oyida esa uning chempion Ley Vudga qarshi jangiga rasman buyruq berildi hamda tomonlarga kelishuvga erishish uchun muddat belgilandi.
Kecha bokschimiz AQSHga safari oldidan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichevning uyida mehmon bo'ldi.
"Ustozimni duosini oldim. In SHa Alloh WBA chempionlik kamari uchun Amerikaga uchib ketaman. Yurtdoshlar, duo qilib turinglar, jahon chempionligi kamari bilan O'zbekistonga qaytaman!", - deb yozib qoldirgan bokschimiz.
Olamsport.com saytining Otabek Xolmatov bilan bo'lgan suhbatini YouTube'da tomosha qiling!
Havola :
Manba : instagram.com/otabek_kholmatov1
Fikrlar