So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

20 fev 19:42
Yangiliklar

Dzyudo

O'tgan yilgi Dyusseldorf turniridagi ishtirokimiz qanday bo'lgandi?

Teglar :  DyusseldorfDzyudo
Ertaga Germaniyaning Dyusseldorf shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.

Xabar berganimizdek, ushbu musobaqasida dunyoning 120 davlatidan jami 718 dzyudochi, ular qatorida 15 nafar o'zbekistonlik sportchi turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. 

SHu o'rinda O'zbekiston terma jamoasining o'tgan yilgi Dyusseldorf "Katta Dubulg'a" turniridagi ishtiroki haqida malumot beramiz. 22-24 fevral kunlari oralig'ida o'tkazilgan Düsseldorf Grand Slam 2019 turnirida kurrai zaminimizning 98 davlatidan jami 721 dzyudochi, ular qatorida Farhod To'raev bosh murabbiyligidagi 10 nafar o'zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etgan edi. 

Afsuski, o'shanda Dyusseldorf tatamilari dzyudochilarimiz uchun omad keltirmagandi. Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi Diyorbek O'razboev (-60 kg) bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida koreyalik Xarim Liga imkoniyatni boy bergan va ishtirokini 7-o'rinda yakunlagandi. -66 kg vazn toifasidagi vakilimiz Artyom SHturbabin o'zining uchinchi uchrashuvida boshqa bir koreyalik dzyudochi Kim Lim Xvanga yutqazib qo'ygan edi. -73 kg vazndagi G'iyosjon Boboev uchinchi bellashuvida germaniyalik Antoni Zingdan engilgandi. 

Kamoliddin Rasulov (-81 kg) ilk davrada germaniyalik Niklas Bloechlga, Davlat Bobonov (-90 kg) uchinchi bosqichda serbiyalik Aleksandr Kukoljga, Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) ikkinchi bellashuvida niderlandiyalik Yelle Snippega yutqazib qo'ygandi. 

-100 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan ikkinchi vakilimiz SHerali Jo'raev esa ilk davrada qozog'istonlik Viktor Demyanenkoga yutqazgan edi. +100 kg vaznda tatamiga chiqqan Bekmurod Oltiboev chorak finalda yaponiyalik Yusey Ogavadan, bronza yo'lidagi o'tish bahsida esa avstriyalik Stefan Xegyidan engilgandi. O'smirlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan Diyora Keldiyorova (-52 kg) birinchi davrada germaniyalik Natali Rouvierega, Nodira Yo'ldosheva (-78 kg) esa portugaliyalik Patrisia Sampayoga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini to'xtatgandi.

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining Dyusseldorf-2019 turniridagi eng yaxshi natijasi 7-o'rin bo'lgan edi. Diyorboek O'razboev va Bekmurod Oltiboev kuchli ettilikdan joy olgandi.  

O'ylaymizki, ertadan boshlanadigan Düsseldorf Grand Slam 2020 turnirida bir emas, bir necha dzyudochimiz shoxsupaga ko'tariladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing