08 may 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Oybek Jo'raev JCHdagi ilk jangida serbiyalik kuchli raqibini musobaqadan chiqarib yubordi
Toshkentda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining sakkizinchi kunidan o'rin olgan kunduzgi dastur janglari start oldi.
Unda -54 kg vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Oybek Jo'raev ham ilk jangini o'tkazdi. Unga serbiyalik Tamir Galanov raqiblik qildi. To'liq 3 raund davom etgan mazkur jangda hamyurtimiz Oybek Jo'raev o'z ishonchli harakatlari bilan hakamlarning yakdil qarorini olgan holda 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Jangning uchinchi raundida hamyurtimiz raqibini nokdaun holatiga solib qo'yganini ham takidlash lozim.
Qayd etish joiz, Oybekning bugungi raqibi mazkur vaznda ettinchi raqamli bokschi sifatida tasnif etilgan edi.
Oybek Jo'raev bugungi g'alabasi orqali jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar