25 okt 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Ozarbayjonlik bokschi mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan o'zbekistonlik mutaxassisga baho berdi
Boks bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasi etakchilaridan biri, ikki karra Jahon chempionati sovrindori Magomed Abdullaev (+92 kg) o'zbekistonlik mutaxassis Ravshan Xojaevning milliy termaga bosh murabbiy etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.
"Xojaevning vatani O'zbekistonda boksning qudratini butun dunyo biladi. Uning o'zida Olimpiya o'yinlari sovrindorlari bo'lgan yaxshi shogirdlari bor. O'tgan oy Bokuda tashkil etilgan "IBA CHempionlar oqshomi"da 4 nafar sportchimiz, jumladan men ham Xojaev boshchiligida g'alaba qozonishdi. Menimcha, bu yaxshi tayinlov", dedi 25 yoshli bokschi.
Havola :
Manba : azeirsport.com
Fikrlar