15 okt 09:48
Yangiliklar
Ozarbayjonning Budapesht "Katta Dubulg'a" turniri uchun tarkibi malum
Uch kun davomida dunyoning ko'zga ko'ringan dzyudochilari "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi. Birin-ketin ishtirokchi mamlakatlar Vengriyaga jo'natadigan terma jamoalari tarkibini elon qilmoqda.
Jumladan, Ozarbayjon terma jamoasining ham Budapesht turniri uchun tarkibi malum qilindi. Ayollar jamoasida ayrim o'zgarishlar kuzatildi. Avval elon qilingan tarkibdan joy olgan Irina Kindzerskaya (+78), Ichinxorlo Munxcedev va Aleksandra-Larisa Florian (57 kg) ro'yxatdan tushib qolgan.
Erkaklar: Karamat Guseynov, Axmed Yusifov (ikkisi ham – 60 kg), Nidjat SHixalizade, Orxan Safarov (66 kg), Rustam Orudjev, Telman Veliev (73 kg), Xidayat Geydarov, Murad Fatiev (81 kg), Mamedali Mextiev, Rufat Ismaylov (90 kg), Elmar Gasimov, Zelim Kocoev (100 kg), Ushangi Kokauri, Jamal Feyziev (+100 kg).
Fikrlar