So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

23 mar 22:28
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek bokschilarining "Buyuk Ipak yo'li" turniridagi ilk raqiblari (to'liq qura natijalari)

Biroz avval 24-29 mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkaziladigan boks bo'yicha nufuzli xalqaro turnirga qura tashlangani haqida xabar bergan edik.

Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Buyuk Ipak yo'li" musobaqasida o'nga yaqin davlat bokschilari qatorida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda medallar uchun ringga chiqadi. Tarkibda jahon va Olimpiada chempioni, professional boksda ham g'alabali seriya bilan odimlayotgan Bahodir Jalolov ham bor. 

Qura natijasiga ko'ra, Bahodir ilk davrada eronlik Ruzbeh Safariga qarshi ringga chiqadi. Jalolov o'zi singari Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritib ulgurgan qozog'istonlik Kamshibek Kunkabaev bilan turnirning ikkinchi davrasida o'zaro to'qnash kelib qolishi mumkin. Buning uchun Kunkabaev rossiyalik Ramazan Karnukaevni mag'lub etishi kerak bo'ladi. 


"Buyuk Ipak yo'li-2024". Bokschilarimiz uchun qura natijalari:

-48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Hasan Malikov (Ozarbayjon)

-51 kg: Asilbek Salilov - Anvarjon Xodjiev (Qirg'iz Respublikasi)

-54 kg: Xo'janazar Nortojiev - Amin Mammadzoda (Ozarbayjon)

-57 kg: Xo'janazar Fayzov - Umud Rustamov (Ozarbayjon)

-57 kg: Qodir Axtamov - Ruslan Gadirov (Ozarbayjon)

-60 kg: Sayat Ilyasov - Ramazan Abdullaev (Ozarbayjon)

-60 kg: Baxtiyor Asadov - Konstantin Opolsliy (Rossiya)

-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Bartlomey Roskovij (Polsha)

-63,5 kg: Asadbek Rajabov - Ilya Popov (Rossiya)

-67 kg: SHavkatjon Boltaev - Jakshilik Talabekov (Qirg'iz Respublikasi)

-71 kg: Bekzod Hamidov - Elnur Abdullazoda (Ozarbayjon)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Sergey Sergeev (Rossiya)

-75 kg: Alisher Ayubov - Timur Nurseitov (Qozog'iston)

-75 kg: Javohir Ummataliev - Rahim Aliev (Ozarbayjon)

-80 kg: Rahmatulla Boymatov - Alfred Kommey (Italiya)

-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Ilyas Magomedov (Rossiya)

-86 kg: Samandar Jalolov - Bekzat Tanqatar (Qozog'iston)

-86 kg: Odilbek Aslonov - Paolo Karuco (Italiya)

-92 kg: Diyorbek O'ralov - Alfonso Loren Dominges(Ozarbayjon)

+92 kg: Jahongir Zokirov - Yoxanes Nuriev / Magammad Abdullaev (Ozarbayjon)

+92 kg: Bahodir Jalolov - Ruzbeh Safari (Eron)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing