25 okt 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47431_220.jpg)
O'zbek bokschisi nokdaun qilgan sobiq jahon chempioni WBSS turnirida qatnashishi mumkin
WBC yo'nalishida sobiq jahon chempioni ukrainalik Viktor Postol Butunjahon boks superseriyasi turnirining zaxira bokschisi sifatida qayd etildi.
Postol (29-2, 12 KO) o'zining navbatdagi jangini 3 noyabr kuni SHotlandiyaning Glazgo shahrida turkiyalik Siar Ozgulga qarshi ringga ko'tariladi.
Oqshomning markaziy jangi WBSS turnirining chorak final jangi bo'lib, unda Josh Teylor amerikalik Rayan Martin (22-0, 12 KO) bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, o'tgan yilning noyabr oyida hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov Ukrainaning Kiev shahrida Viktor Postolga qarshi ringga ko'tarilgandi. O'sha jangda Jamshid nomdor raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'yishiga qaramay, yakunda hakamlar mezbon bokschiga g'alabani taqdim ietishgan edi.
Havola :
Fikrlar