07 avg 17:47
Yangiliklar

O'zbek bokschisidan ikki bor nokdaun qabul qilib olgan Postol ikkita kamar uchun ringga chiqadi + POSTER
Yarim o'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Xose Ramires (25-0, 17 KO) ukrainalik sobiq chempioni Viktor Postol (31-2, 12 KO) bilan to'qnash keladi.
Jang 29 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi. ESPN+ telekanali ushbu chempionlik jangini translyaciya qiladi. Aslida bu jang 1 fevral kuni Xitoyda o'tkazilishi kerak edi. Keyin esa 9 mayga ko'chirildi. AQSHdagi jang ham xuddi Xitoyda bo'lganidek koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Viktor Postol o'z vatanida o'tkazilgan jangda hakamlarning yordami bilan hamyurtimiz Jamshid Najmiddinovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar