30 avg 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschisidan nokdaunga uchragan Postol jahon chempionligi uchun jangda ringga chiqdi
Ukrainalik sobiq chempioni Viktor Postol Las-Vegasda birinchi yarim o'rta vaznlarida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Xose Karlos Ramiresga qarshi jang qildi.
12 raundlik jang to'liq davom etdi va unda g'olib ochkolar evaziga ko'ra aniqlandi.
Yakunda hakamlar 114-114, 115-113 i 116-112 hisoblarida Ramiresning g'alabasini qayd etishdi.
Eslatib o'tamiz, bundan uch yil oldin bokschimiz Jamshid Najmiddinov Ukrainada Postolga qarshi 10 raundlik jang o'tkazgan. Jamshid jang davomida raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga tushirgan bo'lsada, yakunda Postol ochkolar evaziga g'alaba qozongandi.
Malumot uchun, ushbu birinchi yarim o'rta vazn toifasida boshqa bir bokschilarimiz SHahram G'iyosov va SHohjahon Ergashev ham o'z janglarini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar