31 iyu 13:31
Yangiliklar

O'zbek boksi yulduzlari
2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida bo'lgan to'rt yillikning nufuzli sport anjumanida Hasanboy Do'smatov, Fazliddin G'oibnazarov, SHahobiddin Zoirov kabi sportchilarimiz oltin medalga sazovor bo'lishdi.
Bektemir Meliqo'ziev va SHahram G'iyosov kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Murodjon Ahmadaliev va Rustam To'laganov bronza medallariga ega chiqishdi.
Hasanboy Do'smatov Olimpiadaning eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker sovrinini ham qabul qilib oldi. Mazkur natijalar O'zbekiston terma jamoasiga Olimpiya o'yinlarining boks dasturida 1-o'rinni taqdim etdi.
Bokschilarimizning bu g'alabasi ko'plab yoshlar qalbida sport, xususan boksga qiziqishning ortishiga sabab bo'ldi. Ular inson doim maqsadi sari olg'a qadam bossa, unga erishish yo'lida mehnat qilsa, albatta maqsadiga erishishi mumkinligini o'z misollarida tasdiqlashdi.
Fikrlar