So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

11 sen 19:12
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbek dzyudosida yangi davr boshlanyapti

Teglar :  Azizjon KamilovMOQ
Insoniyat tarixida eng uzoq kutilgan Tokio-2020 Olimpiadasi tarix sahifalaridan joy olganiga bir oydan oshdi.

Musobaqaning ertasi kunidanoq, yani 9 avgustdan Parij-2024 Olimpiya o'yinlari cikli boshlandi.

Xabaringiz bor, Tokio tatamilarida Davlat Bobonov tomonidan qo'lga kiritilgan bronza medali dzyudo terma jamoamiz uchun yagonaligini saqlab qoldi. Albatta, dzyudochilarimizdan ko'proq medallar kutgandik. Lekin har doim ham ko'zlangan maqsadga erishilavermas, orzular ro'yobga chiqavermas ekan. Olimpiada umuman boshqa darajadagi musobaqa ekani yana bir bor o'z isbotini topdi. Ammo, har qanday holatda ham olimpiya o'yinlaridagi ishtirokimiz, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar atroflicha muhokama qilinadi. Xatolarni takrorlamaslik choralari ko'riladi. Istiqbolli rejalar amaliyotga tadbiq etiladi.

SHu maqsadda O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati nafaqat Parij-2024, balki Los-Anjeles-2028 Olimpiadalari uchun tayyorgarlikni hozirning o'zidan boshladi. Ilk qadam sifatida viloyatlarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar bilan uchrashuv tashkil etildi. Terma jamoaga munosib nomzodlarni aynan shu murabbiylar tayyorlab berishini inobatga olsak, bu qaror nechog'liq to'g'ri ekani oydinlashadi. 

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tgan tadbirda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi. Uchrashuv avvalida Tokio-2020 Olimpiadasi va undagi boshqa sport turlari qatori dzyudochilarimizning ishtiroki atroflicha muhokama qilindi.   

"Avvalo, sportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiadasiga har tomonlama yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib bergan shaxsan Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevga rahmat aytmoqchiman. Haqiqatan ham bu darajada etibor bo'lmagan. Ayrim sport turlarida kutilmagan yutuqlarga erishdik. Bazilarida kutganlarimiz imkoniyat darajasida qatnasha olishmadi. Bu Olimpiadada yoshlarimizning nisbatan yaxshiroq qatnashganiga guvoh bo'ldik. Hali Olimpiadadagi sportchilarimizning ishtiroki federaciyalar kesimida muhokama qilinadi. Keyingi Olimpiadaga uch yil vaqt qolmoqda. Kelasi yil Osiyo o'yinlari ham bor. SHu bois, bo'lajak nufuzli musobaqalarga hozirning o'zidan jiddiy etibor qaratashimiz shart. Olimpiadaga tayyorgarlik tizimi ishlab chiqilgan va tez kunda federaciyalarga taqdim etiladi. Olimpiya terma jamoasiga nomzod sportchi bir yilda kamida 300 kun bizning ixtiyorimizda bo'ladi. Faqat tayyorgarlik, boshqa ish bilan chalg'ish bo'lmaydi. Hukumat tomonidan barcha sharoitlar ortig'i bilan muhayyo qilib berilyaptimi, demak unga natija bilan javob berishimiz shart. Boshqacha bo'lishi mumkin emas", - dedi MOQ raisi. 

SHundan so'ng MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ham Olimpiada taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Birinchi martta bunday katta nufuzdagi musobaqani jonli ravishda kuzatib bordim va aytishim mumkinki, bu umuman boshqa olam. Olimpiada o'z nomiga munosib turnir ekaniga guvoh bo'ldim. Bu musobaqada har doim ham kuchlilar g'alaba qozonavermas ekan. Lekin bu natijalarimiz bundan ham yaxshi bo'la olmaganiga bir bahona emas. SHunchaki, u erdagi atmosferani sizlar bilan bo'lishgim keldi. Musobaqaning hayajoni juda kuchli. Sportchi raqibidan oldin o'z hayajonini enga bilishi kerak ekan. Ko'p sportchilarga shu narsa pand berib qo'yadi. Men bejiz yuqorida Olimpiadani ilk bor jonli tarzda tomosha qilib, u erdagi jarayonni o'z boshimdan o'tkazdim deb aytmadim. Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rishda o'zim uchun kerakli xulosalarni chiqarib oldim. Rustam Mavzurovich aytganlaridek, bo'lajak olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik umuman boshqacha bo'ladi. Bugun bu erga sizlarni yig'ishimizning asl sababi ham shu. Terma jamoalarga munosib nomzodlarni aynan sizlar etkazib berasizlar. Joylarda ishlar yo'lga to'g'ri yo'lga qo'yilsagina, biz oliy maqsadimizga erishishimiz mumkin. SHaffof selekciya jarayoniga etibor qaratishimiz kerak. Tanish-bilishchilik, bu meni shogirdim degan illatlardan voz kechishimiz lozim. Eng kuchli dzyudochi terma jamoa azosi bo'lishini taminlashimiz kerak. Aks holda ko'zlangan yutuqlarga erisha olmaymiz". 

SHundan so'ng yig'ilishning savol-javob qismiga o'tildi. Unda viloyatlardan kelgan murabbiylar joylardagi muammolar, o'zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikrlarini bildirdilar. O'quv-mashg'ulot yig'inlariga terma jamoaga nomzod dzyudochilarning shaxsiy murabbiylari ham chaqirilishi kerak degan taklifni ilgari surdilar. Murabbiylar aksariyat savol hamda takliflariga shu erning o'zida javob oldilar. Qolgan masalalar bo'yicha federaciya qoshida maxsus ishchi guruh tuzilib, qisqa muddat ichida muammolarning echimini berish vazifasi yuklatildi. 

Yig'ilish so'nggida Azizjon Kamilov federaciya O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda bir qator istiqbolli rejalarni amalga oshirish bo'yicha amaliy harakatlarni boshlanganini malum qildi. Unga ko'ra, murabbiy va hakamlar belgilangan jadval asosida xorijda o'tkaziladigan seminarlarga jo'natiladi. Ularning tajriba va malakasini oshirish bo'yicha katta hajmda ishlar olib boriladi. Bevosita yurtimizga murabbiylik va hakamlik yo'nalishida IJF mutasaddilarini taklif etib, seminarlar o'tkaziladi. Tez orada dzyudo Akademiyasining qurilishiga start beriladi. Har bir viloyatda faqat dzyudo sport turi bilan shug'ullanish imkonini beruvchi dzyudo zallari foydlanishga topshiriladi. Bugungi kunda ularning aksariyatida qurilish ishlari davom etmoqda. Oqsayotgan viloyatlarga ish ko'zini biladigan, dzyudoni yaxshi ko'radigan, jonkuyar yangi rahbarlar tayinlanadi. IJF dasturi doirasidagi "Maktablarda dzyudo" loyihasi kuchaytiriladi. Kelasi yili Toshkent shahri mezbonligida o'tadigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga keng masshtabda tayyorgarlik ishlari olib boriladi.     

Bir so'z bilan aytganda, o'zbek dzyudosida yangi davr boshlanmoqda. Maqsad - Tokio-2024 Olimpiadasida oltin medallarni qo'lga kiritish va bu bilan O'zbekiston dzyudosida yangi sahifa ochish. Qolaversa, mamlakatimizga sog'lom avlodni tarbiyalab, millatga xizmat qiladigan yoshlarni etkazib berish eng ustuvor vazifalardan bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing