15 jan 09:00
Yangiliklar

O'zbek milliy kurashi Italiyaga ham rasman kirib bordi
Bu haqda Xalqaro kurash assosiaciyasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, akademiya Italiyada rasman ro'yxatga olinib, davlat idoralari tomonidan tasdiqlangani to'g'risidagi xujjat Xalqaro kurash associaciyasiga taqdim etilgan.
Joriy yilning fevral oyi oxirida esa yangi tashkil etilgan Italiya kurash akademiyasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro kurash associaciyasi Kurash instituti va O'zbekiston kurash federaciyasi Evropaning ushbu mamlakatida murabbiylik seminarini tashkil etadi.
Mazkur kurash seminari 2024 yilning iyul oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro turnirga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Italiyada sovrin jamg'armasiga ega xalqaro turnir tashkil qilinadi.
Fikrlar