04 sen 17:42
Yangiliklar
Tokio-2020
O'zbek sportchilari uchun Paralimpiya o'yinlari yakunlandi. Umumiy jadvalda nechanchi o'rindamiz?
Bugun, 4 sentyabr kuni Tokio Paralimpiadasida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilar uchun musobaqa yakunlandi.
Terma jamoamiz musobaqani umumiy hisobda 19 ta medal bilan yakunlashdi. Paralimpiyachilarimiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Bu orqali O'zbekiston medallar jamg'arish reytingida 16-o'rinni egallab turibdi.
Taqqoslash uchun, O'zbekiston 2016 yilgi Paralimpiya o'yinlarida ham 16-o'rinni egallagandi. O'sha musobaqada paralimpiyachilarimiz 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza (umumiy hisobda 31 ta medal) qo'lga kiritishgan.
Tokio-2020 paralimpiadasi medallar jamg'arish reytingi, 4 sentyabr:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
OLG'A O'ZBEKISTON!!!