25 iyu 15:02
Yangiliklar
Dzyudo

"O'zbekcha derbida" Obidxon Nomonov bronza medaliga ega chiqdi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda umumiy mukofot jamg'armasi 154 00 evroni tashkil etuvchi musobaqaning ikkinchi kungi final bellashuvlari o'tkazilyapti. Hozirgina -73 kg vazn toifasidagi ikkinchi bronza medali uchun kechgan bahs yakuniga etdi.
Unda O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili - SHahram Ahadov va Obidxon Nomonov o'zaro bellashishdi. Murosasiz kechgan o'zbekcha derbida Nomonov g'alaba qozonib, Ulan-Bator "Katta Dubulg'a" turnirining bronza medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar