28 jan 07:17
Yangiliklar
O'zbekiston boks federaciyasi va Asian Boxing o'rtasida hamkorlik bitimi imzolandi (FOTO)
""Asian Boxing” tashkiloti prezidenti Pichai CHunxavajira tashrif buyurgani va mamlakatimizda ilk bora tashkil etilgan Osiyo Olimpiya kengashi 46-Bosh Assambleyasida ishtirok etishi borasida xabar bergan edik.
Janob CHunxavajira O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, “Asian Boxing” tashkiloti vice-prezidenti Saken Polatov bilan uchrashdi. Uchrashuv mobaynida “Asian Boxing” va O'zbekiston boks federaciyasi o'rtasida o'zaro bitim imzolandi.
Memorandumga ko'ra, O'zbekistonning har bir viloyatida alohida boks maktabini tanlab olib, zamonaviy va samarali yo'nalishda ish olib borilishi, xorijlik murabbiylar va mutaxassislarni jalb etishga ko'maklashish, qolaversa, sportchilar, hakamlar va mutaxassislar uchun xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish borasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi.
SHuningdek yana bir qator dolzarb va qilinishi kerak bo'lgan vazifalar yuzasidan kelishib olindi", deyiladi xabarda.

Fikrlar