14 jan 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekiston chempionati: U-17 yosh toifasi hamda o'smir qizlar o'rtasidagi bahslarda Samarqand vakilalari tengsiz bo'ldi
Kecha Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo'yicha 17 yoshgacha bo'lgan qizlar va o'smir qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.
Musobaqada umumjamoa hisobi bo'yicha Samarqand viloyati jamoasiga teng keladigani topilmadi.
U-17 yosh toifasi hamda o'smir qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati kuchli uchligi:
1. Samarqand (4 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza)
2. Farg'ona (4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza)
3. Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (4 ta oltin, 1 ta bronza)
3. Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (4 ta oltin, 1 ta bronza).

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar