So’nggi yangiliklar

13:43Криштиану Роналду ЖЧ-2026 бошланишидан олдин фикр билдирди 0 13:09Волкановски: "Мен энг кучлиси билан жанг қилмоқчиман. У - Евлоев" 0 12:41Дана Уайт: "У оғир вазн чемпиони бўлса, барча даврларнинг энг буюк жангчисига айланади" 0 12:17UzChess Cup III. Шов-шув кўтарган Мадаминовда кетма-кет иккинчи мағлубият, Воҳидов пешқадам! 0 11:53Ўртоқлик ўйини. ЖЧ-2026`даги рақибимиз Нигерияни мағлуб этди 0 11:27Ўсмирларимиз Almaty Cadet Asian Cup 2026 турнирида 26 та медаль билан биринчи бўлишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:59Нурсултон Рўзибоев: "Қирғизистон ва Тожикистон ММА жангчиларининг даражаси бизникилардан баландроқ" 0 10:34Вьетнам уруши фахрийлари Оқ уйдаги UFC турнирини бекор қилишга уринмоқда 0 10:06Жаҳон чемпионатида ҳакамлар қанча маош олади? 0 09:37Пара дзюдо бўйича Ўзбекистон кубогига старт берилди 0 08:50Учта вазнда собиқ жаҳон чемпиони бўлган боксчи Муроджон Аҳмадалиевга жанг таклиф қилди 0 08:24Маҳмуд Мурадов иккитагина жанг орқали миллион доллар ишлаб олиш имкониятини қўлга киритди 0 07:53Тарихий мундиал. Бугун биз кутган ЖЧ-2026`га старт берилади 0 07:21Кун суратлари: Оқ уй ёнида октагон ўрнатилди 0 18:45Азат Максум ACA билан шартнома имзолади 0

22 noy 19:33
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston chempionati yakunlandi. So'nggi kunning barcha g'olib va sovrindorlari FOTOGALEREYA

Biroz avval poytaxtimizdagi "Unisversal" sport majmuasida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yakunlandi.

Uch kun davom etgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin dzyudochilar jami 16 ta vazn toifasi (8 tadan bolalar va qizlar)da medallar uchun tatamiga chiqishdi. Musobaqaning so'nggi kuni og'ir vaznda bellashuvlar o'tkazildi. O'g'il bolalar -100 va + 100 kg, qizlar esa -78 hamda +78 kg vazn toifalarida o'zaro g'olib va sovrindorlarni aniqlashdi. 

O'z vazn toifalarida Toshkent shahri vakillari - Muzaffarbek To'raboev, SHoxruhxon Baxtiyorov, xorazmlik dzyudochilar - Irisxon Qurbonboeva va Xosiyat Masharipova O'zbekiston chempioni bo'lishdi. G'olib va sovrindorlarga medal, diplom hamda qimmatbaho sovg'alarni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev va boshqa mutasaddilar topshirishdi.      

G'olib va sovrindorlar

O'g'il bolalar: 

-100 kg vazn toifasi (18 ishtirokchi)

1. Muzaffarbek To'raboev (Toshkent shahri)

2. Ernazar Sarsenbaev (Qoraqalpog'iston)

3. Rufat Xudakov (Toshkent shahri)

3. O'tkirbek To'raboev (Toshkent shahri)


+100 kg (15 ishtirokchi)

1. SHoxruhxon Baxtiyorov (Toshkent shahri)

2. Islombek Ravshanqulov (Toshkent shahri)

3. SHoxruh Mamarasulov (Surxondaryo)

3. Temur Xajiev (Xorazm) 


Qizlar: 

-78 kg (8 ishtirokchi)

1. Irisxon Qurbonboeva (Xorazm)

2. Mohinsaxon Husanova (Andijon)

3. Gulchehra Bobomurotova (Samarqand)

3. Pokiza Kamoliddinova (Farg'ona)


+78 kg (5 ishtirokchi)

1. Xosiyat Masharipova (Xorazm)

2. CHarosxon Ozadova (Xorazm)

3. Dilfuza Rustamova (Toshkent viloyati)  

Suratlar muallifi - Aziz TO'XTAMURODOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing