28 jan 18:54
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston chempioni prof ringdagi debyut oldidan taroziga chiqdi + FOTO
Ertaga Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Kecha doirasida O'zbekiston chempioni Lazizbek Mullajonov prof boksdagi ilk jangini o'tkazadi. Ushbu jangda hamyurtimizga rossiyalik Aleksandr Stepanov raqiblik qiladi.
Bugun bokschilar jang oldidan taroziga chiqishdi. Unga ko'ra, bokschimiz 105 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, bu jang Lazizbek uchun prof boksdagi ilk jang bo'ladi. Aleksandr Stepanov esa shu kungacha 4 ta jang o'tkazgan va ularning 2 tasida g'alaba qozongan (1 ta nokaut). 2 ta jangda esa mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut).
Ushbu jang oqshomida shuningdek Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov ham jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar